Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə11/12
tarix26.05.2022
ölçüsü167,5 Kb.
#87975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Tetiklashtiruvchi mashq
Hayvonlar” o’yini
Bu o’yin quyidagicha olib boriladi. Tarbiyachi bolalarni yarim doira shaklida turib olishlarini so’raydi. Bolalarning quloqlariga besh xil uy hayvonlarining nomini ketma- ket aytib chiqadi. Hayvonlarning nomlari har uchta bolaga bir xil aytiladi. Bolalar o’zlariga mansub bo’lgan turdagi sheriklarini izlaydilar. Bunda hamma o’zicha ovoz bilan bir- birini chorlashi kerak.(m-n ba-a, ba-a, mu-mu va hokazo) va bir xil “hayvonlar” bir- birini topib oladilar.
O’yindan so’ng tarbiyachi bolalarga hohlagan bir surat bo’yicha hikoya tuzishni taklif etadi.
Avval hayvonlarning bolalari bilan qanday hodisa yuz berganligi, keyin nima bilan tugallanganligi haqida hikoya tuzasizlar, deb tushuntiradi. Bolalar, hikoya qiziqarli, qisqa va tugallangan bo’lish shart. Boshqa bolalarga o’rtoqlarining hikoyalari mazmunli va to’g’ri tuzilganligini nazorat qilib borish topshiriladi. (3-4 boladan so’raladi).
Agar biror bola hikoyani tugallashga qiynalsa, tarbiyachi boshqa bolalardan hikoyani qiziqarli tugatishni taklif qiladi. Bunda hikoyani boshlash yoki tugallash namunasini berish, yo’naltiruvchi savollar berish bilan yordamlashish mumkin.
Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, A” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “A”tovushi ham unli tovush ekan. Men “A” tovushini aytganimda istagancha cho’zishim mumkin, chunki uni talaffuz qilayotganimda hech narsa to’siq bo’lmaydi. Og’zimni kuzating. “a-a-a”. Kuzatdingizmi “A” tovushini talaffuz qilganimda cho’zib aytdim.Tovush to’siqqa uchramadi. Demak “A” tovushi unli tovush ekan. Unli tovushlarni biz doimo qizil rangda belgilaymiz. Yana qanday tovushni cho’zib talaffuz qilamiz? ( “O”) Nechta unli tovushlarni o’rgandik? (2ta: “O”, “A”)
A” tovushiga so’z top o’yini
(ayiq, asal, anor, Aziza....) So’zlardagi “A” tovushini o’rnini aniqlash
Tez aytishni –ko’p aytish” o’yini
Endi bolajonlar, tez aytishni kim ko’p ayta olishini sinab ko’ramiz:
Ayiq asal yaladi,
Asalari taladi.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.


XULOSA
Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlami aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir.
Ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalami o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.
Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni:

  • qattiq va yumshoq

  • jarangli va jarangsiz

  • shuvullovchi

  • sonor eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz etish.

  • so‘zlardagi

  • tez aytishlardagi

  • qisqa she’rlardagi tovushlarni to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni о‘rgatish.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarining asosiy yo’nalishlaridan biri nutq, o’qish va savodga tayyorgarlikdan iborat. Bu umumiy vazifa – “Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to’g’riligini takomillashtirish, og’zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash, savodga tayyorgarlik.


Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə