O L iy V a o r t a m a X s u s t a L im V a z ir L ig I namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


M iqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirish vazifalari



Yüklə 4,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/48
tarix21.10.2023
ölçüsü4,59 Mb.
#130466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Matematika tasavvurlarni shakllantirish nazariysi va metodikasi

M iqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirish vazifalari. 
T o‘pIam, uning
ayrim elementlarini ajratish, elementlarini to ‘plam ga birlashtirish y o ‘li bilan
bolalar to ‘plamni uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga
o‘rganadilar. Kichkintoylarga to ‘plamlarni taqqoslash va to ‘plam tarkibiga
kiruvchi elementlarni m iqdoriga k o ‘ra teng quvvatliligini aniqlash usullari
o ‘rgatiladi („echkilar qancha bo‘lsa, qo‘ylar ham shuncha", „ruehkalarga
qaraganda qalamlar ko‘p”). Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo'yish usullari
yordam ida to ‘p!am elementlari o ‘rtasida o'zaro bir qiymatli moslik bor yoki
y o ‘qligini aniqlaydilar. Ikki to ‘plam uchun o ‘zaro bir qiymatli moslik tushunchasi
shundan iboratki, birinchi to ‘plamning har bir elementiga ikkinchi to ‘plamning
faqat bitta elementi mos keladi yoki ak^incha (taqsimchalar qancha bo‘lsa.
pivolalar ham shuncha: qiz bolalar qancha bo’Isa. o ’g ’il bolalar ham shuncha va
14


hoka/olar chekli to'plamlardir). Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan 
lo'plam larning elementlari o ’rtasidagi bir qiymatli moslik o'rnatish asosida tarkib 
lopliriladi.
Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlarni bajartirib. ularni sanoqni 
o’zlashtirishga o ‘rgatiladi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun 
imkoniyatlar yaratiladi. Kichik guruhda narsalarni bo‘yiga, eniga. balandligiga, 
hajmiga qarab taqqoslash mashqlariga katta e ’tibor beriladi. Bolalarda katta (hajm) 
va uning xususiyatlari to ‘g ‘risida dastlabki tasavvur hosil qilinadi, ular figuralar 
bilan tanishtiriladi, 
doira, kvadrat uchburchak
shaklidagi narsalarning rangi va 
katta-kichikligidan qat’iy nazar, bir-biridan farq qilishga, ularning nomini aytish 
bu shakllarning modelini tanlay olishga o ‘rgatiladi.
Bolalar narsalarning o ‘rnini (oldinda, orqada, chapda, o ‘ngda) bilishga va 
shuningdek, vaqtni to ‘g ‘ri aniqlashga, 
tong, кип, kech, tun
so‘zlarini to ‘g ‘ri, o ‘rinli 
qo‘llashga o ‘rgatiladi. Bajariladigan ishlar 2-sentabrdan bolalarni (6-8 bola) 
guruhlarga b o ‘lib va oktabr oyidan boshlab rejaga ko‘ra butun guruh bilan 
baravariga matem atikadan ta ’limiy faoliyatlarda olib boriladi. Ishni bolalarning 
nimalarni bilishlarini va nimalar qila olishlarini bilgan holda, ularga yangi bilimlar 
oz-ozdan, asta-sekin berish bilan tashkil qilinadi. Ish hajmini taqsimlashda 
bolalarning imkoniyatiga yetarlicha baho bermaslikka yoki ortiqcha baho berib 
yuborishga y o 'l q o ‘ymaslik muhim ahamiyatga ega, chunki har ikkala hoi ham 
muqarrar sur’atda kichkintoylarni m ashg‘ulotlarda faoliyatsizlikka olib kelishi 
mumkin. Bilimlarni puxta o ‘zlashtirishga mashqlarni bir necha marta takrorlash 
orqali erishiladi so‘ngra ko‘rgazma material almashtirilib, ish usullari o ‘zgartirib 
turiladi. Kichkintoylar faoliyatining xarakterini o‘zgartirib turish ularning 
faolliklarini saqlashga va charchab qolishlarining oldini olishga imkon beradi: 
bolalar pedagog yoki tarbiyachini tinglaydilar, uning ishlarini kuzatadilar, o ‘zlari 
b a’zi bir ishlarni bajaradilar, umumiy o ‘yinda ishtirok etadilar. Bolalarga 2-3 tadan 
ortiq boMmagan bir xil va 2 tadan 4 tagacha har xil vazila beriladi. Bu 
vazifalarning har biri ko'pi bilan 2-3 marta takrorlanadi. Bolalar yangi material 
bilan 10-12 daqiqa davomida tanishishlari mumkin. chunki yangi materialni
I з


o ‘zlashtirish kichkintoylardan ancha diqqat-e’tibor Ya kuch talab qiladi; takrorlash 
mashqlari o'tkaziladigan m ashg‘ulotlarni 15 minutgacha davom ettirish mumkin. 
Tarbiyachi m ashg'ulot vaqtida bolalarning fe’l-atvorini kuzalib boradi va ularda 
charchaganlik alomatlari (tez-tez boshqa narsalarga chalg'ish, ilgari o‘zlari to ‘g :ri 
javob bergan savollarga noto‘g ‘ri javob berish, hayajonga tushish kabi hollar) 
paydo bo‘lishi bilanoq m ashg‘ulotni to ‘xtatadi, o ‘z navbatida kichkintoylarning 
kayfiyatini ko‘taradi. Kichik guruh bolalarini o'qitish ko ‘rsatmali amaliy tusda olib 
boriladi. Bola yangi bilimlarni tarbiyachining harakatini kuzatayotganida, uning 
tushuntirish va ko‘rsatmalarini tinglab turganida ham da didaktik material bilan o ‘zi 
ishlagan vaqtida bevosita idrok etish asosida o ‘zlashtiradi. T a’limiy faoliyatlar 
ko‘pincha o‘yin elementlari - to ‘satdan o ‘yinchoqlar, buyumlar paydo b o ‘lishi, 
„m ehm onlar” kelib qolishi va boshqalar bilan boshlanadi. Bunday vaziyat 
kichkintoylarni qiziqtiradi va faollashtiradi. Matematik xossalarni aniqlash 
0
‘zining o ’xshash yoki qaram a-qarshi xossalari (uzun-qisqa, yumaloq-yumaloq 
em as va shu kabilar) bilan bir-biridan farq qiluvchi narsalarni taqqoslash asosida 
am alga oshiriladi. Bilish m um kin boMgan, xossasi yaqqol ko‘rinib turgan, 
bolalarga yaxshi tanish, ко'pi bilan 1-2 belgisi bilan farq qiladigan predmetlardan 
foydalaniladi. Belgilarni aniq idrok etishga harakatlar (qo‘l harakatlari) yordam
beradi, biror figura modeli atrofida barmoqni aylantirib yurgizib chiqish uning 
shaklini aniqroq bilib olishga yordam beradi, q o ‘lni, masalan, sharf yoki tasm a 
ustidan bo‘yiga yurgizib chiqish esa (uzunlikni taqqoslashda) predmetlarning 
huddi shu uzunlik belgisi bo‘yicha o ‘zaro munosabatini bilishga yordam beradi. 
Kichkintoylarni buyumlarning bir xil xossalarini ajratib ko‘rsatish va taqqoslashga 
asta-sekin o ‘rgatib boriladi (Bu nim a? Rangi qanaqa? Kattaligi qanday?) 
Taqqoslash, solishtirishning amaliy usullari, y a’ni ustma-ust yoki yonma-yon 
qo ‘yish asosida bajariladi.
Bolalarning didaktik m ateriallar bilan ishlashiga katta ahamiyat beriladi.
Kichkintovlar endi ancha murakkab harakatlam i m a’lum izchillikda bajara oladilar
(suratlnr va I'amuna-kartochkalar ustigu predmetlarni qo 'v a oladilar). Agar b o h
topshiriqni iMdalav olmasa. unumli ishlay olmasa. u m ashg'ulotga bo" I ear
16


qiziqishini tezda yo'qotadi, charchaydi va ishdan chalg'iydi. Pedagog buni 
e ’tiborga olib, bolalarga namuna tariqasida ishning har bir yangi usulini avval 
bajaradi. Y o'l q o ‘yilishi mumkin bo'lgan xatolarning oldini olishga intilib, u 
ishning hamma elementlarini ko'rsatib beradi va ishdagi harakatlarni boshidan 
oxirigacha birma-bir tushuntiradi. Bu tushuntirishlar nihoyatda aniq, ravshan 
boMishi va yosh bola idrok eta oladigan tezlikda bayon qilinishi kerak. Agar 
pedagog shoshib so‘zlasa, bolalar uning gapini tushunmay qoladilar va diqqatlari 
bo‘linadi. Pedagog kichkintoylar diqqatini har gal yangi detallarga ja lb qilib, 
harakatning eng murakkab usullarini 2-3 marta nam oyish qiladi. K o‘rsatma 
materialni alm ashtirib turib, ayni bir harakat usulining o ‘zini turli vaziyatlarda ko‘p 
marta ko'rsatish va nomini atash bolalarning shu harakatni o ‘zlashtirib olishlariga 
imkon beradi.
Tarbiyachi ish davomida bolalarga ularning xatolarini ko‘rsatadi va bu 
xatolarning sababini aniqlaydi. Barcha xatolar didaktik material bilan bevosita 
ishlash jarayonida to ‘g ‘rilanadi. Tushuntirishlar charchoq hosil qiladigan, 
uzundan-uzoq bo‘lmasligi kerak. Ayrim hollarda kichkintoylarning xatosi umuman 
hech qanday tushuntirishlarsiz tuzatiladi (o‘ng qo‘lingga ol, mana bunisiga! Mana 
bu kosani yuqoriga q o ‘y, ko‘rdingmi, u piyoladan katta! va hokazo).
Bolalar harakat usulini o ‘zlashtirib olganlaridan so‘ng, uni ko‘rsatib 
o ’tirishning hojati qolmaydi. Endi kichkintoylarni vazifa bajarishga faqat og‘zaki 
ko‘rsatm alar bilan undash kifoya. Yanvar oyidan boshlab bolalarga yangi 
bilimlarni o ‘zIashtirib olishlariga imkon beruvchi aralash mashqlar berish hamda 
ilgari o'zlashtirganlarini mashq qildirish mumkin (qaranglar-chi, qaysi archa 
pastroq, ana shu archaning tagiga bitta qo‘ziqorin qo‘ying. Qaysi archa baland? 
Uning tagiga ko‘p q o ‘ziqorin qo‘ying!).
K ichik yoshdagi bolalar his-tuyg‘u (emotsiya) orqali idrok etilgan materialni 
ancha yaxshi o ‘zlashtiradilar. Ularning xotirasi ataylab eslab qolish xususiyati 
bilan xarakterlanmaydi. Shuning uchun ta ’limiy faolivatlarda o ‘vin usullari va 
didaktik o'yinlar keng qo'lbrv.tdi. 0 ‘yinlami shunday tashkil elish kerakki. iloji 
boricha hamma bolalar navba: kutib qolmay o ’yinda bir vaqtda baravar ishtirok
;7


etsiniar. Tezkor harakatlar orqali yurish va yugurish bilan bogMiq bo‘lgan o'yinlar 
o'tkaziladi. Pedagog o ‘yin usullaridan foydalanganda bu usullar bolalar diqqatini 
eng muhim ish (eng oddiy. lekin m atem atikaga doir bo'lgan ish) dan chetga 
tortishiga y o ‘l qo‘ymasligi kerak.
Fazoviy va miqdoriy m unosabatlar faqat so'zlar yordamida ifodalangan 
b o ‘lishi mumkin. Birinchi m ashg‘ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o ‘quv 
faoliyati k o ‘nikmalari shakllantiriladi. Kichkintoylar o ‘z o'rinlarini egallashga, 
tinch o'tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o ‘rinlaridan turishga o ‘rgatiladi. 
Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatm a va tushuntirishlarini tinglashga, 
ko'rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga 
javob berishga o ‘rganishi kerak.
K ichkintoylarda birgalikda shug‘ullanish, bir-birlariga halaqit bermaslik, 
ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo‘lib qolganida o ‘z navbatlarini sabr 
bilan kutish k o ‘nikmalari tarbiyalanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, hulqi 
nam unali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nim ada ekanligini aniq 
tushuntirib beradi.Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, 
bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa 
muddatli dam olishlariga imkon beradi. „Jim o ‘tir”, - deb ularni tergayvermaydi va 
boshqalar.
Kichik guruhda bolalar tarqatm a material bilan ishlashning dastlabki 
ko‘nikmalarini egallaydilar. D idaktik material har bir bolaga alohida qutichada, 
alohida to'plam i bilan beriladi. T a'lim iy faoliyat boshlangunga qadar u bolalar 
q o ‘lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o ‘rganilayotgan narsalarga jalb
etish osonroq bo'ladi. 
Bolalarning foydalanishlari 
qulay bo‘lishi uchun 
o ‘yinchoqlar va boshqa buyum lar haddan tashqari kichkina ham da o g ‘ir 
bo4m asligi kerak. Kichkintoylar qo ‘llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, 
ishlatib bo‘lgandan keyin esa qutichaga terib, ko‘rsatilgan jo y g a olib borib 
q o ‘yishga o'rgatiladi.
18


1.«To‘plam» nima?
2.Universal, chekli va cheksiz to'plamlarni izohlang.
3 .Ikki to'p lam uchun o'zaro bir qiymatli moslik tushunchasini izohlang.

Yüklə 4,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə