Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Soliq solinadigan bazani obligatsiyalar bo’yicha foizlar miqdoriga kamaytirish



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#146078
1   2   3   4   5   6   7   8
13.Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari

Soliq solinadigan bazani obligatsiyalar bo’yicha foizlar miqdoriga kamaytirish
Foyda daromaddan to’liq ayirib tashlanadi, shu orqali korporatsiya soliq bazasi kamaytiradi. Bu hol avvallari obligatsiyalar bo’yicha foiz to’lovlarini oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlarga nisbatan arzonroq qilib qo’yardi. Bu masalaga biz 11-bobda qaytamiz.
Nazorat va harakat erkinligiga tasir
Foizlar va ―qarzdorlik tanasiniˮ to’lamaslik va buning natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar kompaniya faoliyatini erkin amalga oshirishini sezilarli darajada cheklaydi. Ovoz berish huquqi nuqtayi nazaridan, qarz orqali moliyalashtirish odatda nazoratga ta‘sir etmasa ham, u kompaniyaning ishlarini to’siqlarsiz boshqarishni jiddiy cheklab qo’yishi mumkin.
Pul beruvchilar, odatda, kompaniya uchun shartlar yoki bir tomonlama majburiyatlarni (covenants) belgilaydi. Ushbu majburiyatlarning bajarmasligi kompaniya va qarz beruvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, kreditorga majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishni darhol talab qilish huquqini beradi.
Kredit shartnomasi bo’yicha cheklovlar odatda o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- dividendlar darajasi bo’yicha cheklov;
-joriy likvidlilikning minimal koeffitsiyentini ushlab turish;
-kompaniyaning oborotda bo’lmagan aktivlaridan foydalanish bo’yicha huquqlarini cheklash;
-Moliyaviy dastak nisbatini cheklash (leverij).
2003-yilgi yillik hisobotida Arriva Plc transport kompaniyasi (asosan avtobus va temir yo’l transporti) qarz shartnomalari bo’yicha bir tomonlama majburiyatlarini e‘lon qiladi. Hisobotga ko’ra ―Arriva plcˮ o’z qarzdorlari tomonidan qo’yilgan asosiy cheklovlar doirasida, ya‘ni sof moddiy aktivlari 140 million f. st. dan oshmasligi; o’z mablag’lari va qarz mablag’lari o’rtasidagi nisbat 200% dan pasroq darajada qolishini ta‘minlab, faoliyat yuritayotgani aytib o’tilgan.
Keyingi boblarda biz qarzning ko’payishi oddiy aksiyadorlar holatiga ta‘sirini batafsilroq ko’rib chiqamiz.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə