Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Potensial investor tomonidan obligatsiyalar bo’yicha hisobga olinadigan omillar



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#146078
1   2   3   4   5   6   7   8
13.Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari

Potensial investor tomonidan obligatsiyalar bo’yicha hisobga olinadigan omillar

Daromad darajasi
Obligatsiyalardan olinadigan daromad oddiy va imtiyozli aksiyalardan tushadigan daromaddan ancha kam.
Daromadlar bilan bog’liq risk
Garchi qarzdor kompaniyaning majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog’liq risk darajasi past bo’lsa-da, obligatsiya egasi odatda boshqa riskka – foiz stavkasi riskiga (interest rate risk) duch keladi. Bu kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining umumiy darajasidagi o’zgarish bilan bog’liq zararlar riski hisoblanadi.

1-misol
Investor qiymati 100 f. st. bo’lgan muddatsiz obligatsiyaga ega, kupon stavkasi (qarz oluvchi kompaniya obligatsiyaning nominal qiymati bo’yicha to’lash majburiyatini olgan daromad stavkasi) 6%ni 120 tashkil qiladi. Ushbu obligatsiyalarning joriy foiz stavkalari va risk darajasi uning bozor daromadliligini 6% darajasida belgilaydi. Obligatsiyadan olinadigan daromad uning nominal qiymatining 6%ga teng bo’lgani uchun, fond bozori bu qarz majburiyatini 100 f. st. ga baholaydi (nominal qiymati). Agar umumiy foiz stavkasi darajasi o’sib borsa va fond bozori obligatsiya daromadliligini 7,5 foizga baholasa, obligatsiya qiymati 80 f. st. ga tushib ketadi (ya‘ni 7,5 foizi 100 f.st dan 6 foizga teng bo’lgan summagacha). Shunday qilib, bizning misolimizdagi obligatsiya egasi 20 f. st. ga yutqazib qo’yadi.
Agar obligatsiya muddatsiz emas, kelajakda 100 funt evaziga qoplanadigan bo’lsa, foiz stavkasining o’zgarishi sababli narxi 80 f. st. gacha tushib ketmasdi. Qayta sotib olish sanasi qanchalik yaqin bo’lsa, narx tushish ehtimoli shuncha kamroq bo’ladi; biroq, obligatsiya qoplanadimi yoki yo’qmi, bundan qat‘i nazar, narxlarning qandaydir pasayishi baribir yuz beradi. Shubhasiz, investor hozirgi foiz stavkalarining umumiy pasayishidan foyda ko’radi, lekin riskka moyil bo’lmagan investor (investorlarning ko’pchiligi shunday) bo’lajak foydadan ko’ra ko’proq bo’lajak zarar ko’rishdan ko’proq tashvishlanadilar.
Qisqa muddatli obligatsiyalarga belgilanadigan nisbatan past foiz stavkasi ulardan olinadigan daromad, uzoqroq qoplanish muddatiga ega bo’lgan qarz qimmatli qog’ozlariga qaraganda, pastroq bo’lishini anglatadi.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə