Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Standard and Poor‟sning kredit obliqatsion reytinggi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#146078
1   2   3   4   5   6   7   8
13.Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari

Standard and Poor‟sning kredit obliqatsion reytinggi

Jiddiy muammolarga uchragan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi “British Energy plcˮ energetika kompaniyasi 2004-yilgi o’zining yillik hisobotida uning investitsiya reytingining pasayishi qo’shimcha muammolar keltirib chiqarganini aytdi. Kompaniya o’z kreditorlariga qarz ta‘minotini berishga majbur bo’ldi, bu esa lidvidlik muammosiga olib keldi.
Investorlar uchun koeffitsiyentlar
Qarz majburiyatlari egalarini foydalilik uncha qiziqtirmaydi, ularni samarali foiz stavkasi (daromadlilik stavkasi) [effective rate of interest (yield)] bilan bog’liq bo’lgan koeffitsiyentlar ahamiyatliroqdir.

Ommaviy axborot vositalarida keng nashr etaladigan ikki koeffitsiyent:


– (qarz) qimmatli qog’ozlar(i) (flatyield) bo’yicha joriy daromad. Bu qarz majburiyatlarining mos hajmi joriy bozor qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalangan olinishi lozim bo’lgan foiz to’lovlarining umumiy summasi; – qimmatli qog’ozning to’lanish (qoplanish) vaqtidagi daromad (redemption yield). Agar qimmatli qog’ozlar qoplanishi kerak bo’lsa, odatda, ularga egalik qilish real daromadi o’z ichiga qo’yilgan kapitaldan ko’riladigan manfaat yoki zararlarni olishi mumkin. (Agar joriy bozor narxi qayta sotib olish (qoplanish) narxidan baland bo’lsa qo’yilgan kapitaldan zarar ko’riladi. Bu hozirgi vaqtdagi ustun foiz stavkasi obligatsiya bo’yicha kupon stavkasidan past bo’lganda yuz berishi mumkin).
Qoplanish vaqtidagi qimmatli qog’oz bo’yicha umumiy daromad (r) ni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:
Joriy bozor qiymati =
bu yerda I — umumiy yillik foiz to’lovlari, RV — qoplanish qiymati, n — obligatsiyaning qoplanishigacha qolgan yillar soni.
Tenglamada I sifatida sof yillik foiz to’lovlarini (soliqsiz) qo’llab, qoplanish vaqtidagi qimmatli qog’oz bo’yicha sof daromadni topamiz. Mohiyatan bu obligatsiyaning joriy bozor bahosini, obligatsiya keyingi hayoti davomidagi foiz to’lovlari va uni qoplash vaqtidagi olinadigan summani hisobga olgan holdagi IDS (ichki daromadlilik stavkasi)dir.

Ko’rsatkich soliqlar to’languncha (qoplangunicha obligatsiya bo’yicha umumiy daromad) yoki soliqlar to’langandan so’ng (qoplanish vaqtidagi obligatsiya bo’yicha sof daromad) hisoblanishi mumkin. 10-bobda ushbu tenglama bo’yicha hisob-kitoblargi misollar keltirilgan.



Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə