Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari


Obligatsiya chiqarish usullari



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#146078
1   2   3   4   5   6   7   8
13.Obligatsiyalar va qarz majburiyatlari

Obligatsiya chiqarish usullari
Obligatsiyalar, gazetalarda reklama berish yordamida ommaviy emissiyani va boshqalarni ham qo’shib hisoblaganda, bir necha usulda chiqarilishi mumkin. Obligatsiya chiqarishni istagan kompaniyalar emissiya uylariga murojaat qiladilar va chiqarilgan obligatsiyalarni o’zlarining institutsional mijozlari orasida joylashtirishni so’raydilar.
Obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishda kompaniyalar tomonidan hisobga olinadigan omillar
Emissiya xajatlari
Emissiya xarajatlari yetarlicha past; 2 mln f. st. lik summaga emissiya qilinganda xarajatlar taxminan jalb qilingan kapitalning 2,5 foizi miqdorida baholangan (Wilson Committee 1980). Li, Lokxed, Ritter va Chjaolar (Lee, Lockhead, Ritter and Zhao 1996) AQSHda obligatsiyalar emissiyasiga ketadigan xarajatlar ja‘mi jalb qilingan kapitalning o’rtacha 2 foiziga teng bo’lishini aniqlashgan.
Xizmat ko’rsatish xarajatlari
Obligatsiyalar investorlar uchun nisbatan kam riskli qo’yilma hisoblanganligi uchun kutilayotgan daromadlilik aksiyalarga qaraganda ancha past bo’lishi mumkin. Tarixan bu real daromadlar bilan tasdiqlanadi.
Foiz to’lash majburiyati
Shartnoma qonunchiligiga asosan obligatsiya egalari kelishilgan muddatda, agar ixtiyoriy ravishda qilinmagan bo’lsa, majburiy ravishda foizlarni undirish va qo’yilgan kapitalni qaytarib olish huquqiga egalar. Ko’p hollarda obligatsiya egalari, shartnoma shartlariga muvofiq, agar qarz oluvchi kompaniya o’z majburiyatlarini bajarmasa, qo’shimcha choralar (masalan, ularning kreditlari kafolatlangan aktivlarni konfiskatsiya qilish) ko’rishga haqlidirlar.

Majburiyatlarni qoplashdagi bunday keskin shartlar va ular asosida kelib chiqadigan natijalar qarz oluvchi kompaniyaning o’z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holatlarda kredit va qarz mablag’lariga murojaat qilishiga olib keladi.


Obligatsiyalarni qayta sotib olish majburiyati
Qarz qimmatli qog’ozlari qoplanishi yoki qoplanmasligidan qat‘i nazar emitent kompaniya o’z obligatsiyalarini ochiq bozorda qayta sotib olish va ularni qoplash imkoniyatiga ega. Shunday qilib, obligatsiya yetarlicha moslashuvchan vosita hisoblanadi, oddiy va imtiyozli aksiyalar haqida esa bunday deya olmaymiz. Boshqa tomondan, ular belgilangan muddatda qoplanish sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, ko’pincha shunday ham bo’ladi, kompaniya mazkur shartni bajarishga majburdir. Bu esa qayta sotib olish kuni kelganda, kompaniyani murakkab moliyaviy vaziyatga solib qo’yishi mumkin.




Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə