Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


MA’RUZA MAShG‘ULOTI TAHLILINI RASMIYLAShTIRISh



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə56/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

MA’RUZA MAShG‘ULOTI TAHLILINI RASMIYLAShTIRISh



Mashg‘ulot to‘liq kuzatilgandan so‘ng, uni tahlil qilish va rasmiylashtirish amalga oshiriladi. Tahlildan mashg‘ulotning borishi,

    uning bosqichlari, o‘kuvchilarning motivastion holati, mashg‘ulotdagi yutuq va kamchiliklar, fikr va mulohazalar o‘rin oladi.

Mashg‘ulotning tahlili uning yutuq va kamchiliklarining qayd etilishi o‘qituvchining kelgusida mashg‘ulotni samarali tashkil etishiga zamin tayyorlaydi.


O‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotni tahlil qilish va uni rasmiylashtirish ta’lim-tarbiya samaradorligini aniqlash imkonini beradi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida test topshiriqlari to‘rt darajada qo‘llaniladi.

  • Oson (reproduktiv) (I) - talabalar tomonidan o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, hodisa, voqea, qonun va atamalarning mohiyatini bilishni talab qiladigan daraja;


  • O‘rtacha qiyin (produktiv) (II) - talabalardan ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo‘llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja;


  • Qiyin (qisman-izlanishli) (III) – talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, ob’ektlarni tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirish orqali xulosa yasashni talab qiluvchi daraja;


  • Eng qiyin (kreativ) (IY) - talabalar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan o‘quv muammolarni hal etishda qo‘llash, tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash kabi aqliy operastiyalarni bajarishni talab qiluvchi daraja;

    O‘tkazilgan ma’ruzaning samaradorligini aniqlash maqsadida ma’ruza so‘ngida mazkur mazmunni qamrab olgan 10 ta test topshiriqlari talabalarga tavsiya etiladi.


    Test topshiriqlarining dastlabki 3 tasi 1-(oson) darajada, keyingi 3 tasi 2- (o‘rtacha) darajada bo‘lib10, 2 tasi 3- (qiyin) darajada, qolgan 2-tasi 4-(kreativ) darajada bo‘lishi tavsiya etiladi.
    Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorlik koeffistentini aniqlashda dastlabki 6ta test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan, shuningdek, 3-,4- darajadagi test topshiriqlarini ham to‘g‘ri bajargan talabalar soni hisobga olinadi.
    Mashg‘ulot samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi:

    10 Mazkur 6ta test DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni qamrab olishi, mazkur testlarda xatoliklarga yo‘l qo‘ygan talaba baholanmaydi va ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlashda bu javoblar hisobga olinmaydi.
    1. Mashg‘ulot davomiyligi T-80


    2. Talabalarning soni M-


    3. Muayyan darajadagi o‘quv maqsadlariga erishgan talabalar soni m, mos holda m1, m2, m3, m4 bilan belgilanadi va ularning yig‘indisi mj ni tashkil etadi.


    Ta’lim-tarbiya samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

    Ksam = E mj t x 100 MT
    Bu erda:
    Ksam - ta’lim-tarbiya samaradorligi koeffistenti E – yig‘indi;
    mj – o‘quv maqsadlariga erishgan talabalarning soni
    t - talabalar tomonidan o‘quv maqsadlariga erishish uchun sarflangan vaqt. M – talabalarning umumiy soni
    T - mashg‘ulot davomiyligi
    Oliy ta’limda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlashning umumiy ko‘rinishga olib kelinishi va maqsadga muvofiqligi professor-o‘qituvchilarning o‘z kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirish borasidagi izlanishlarini orttirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, ular o‘rtasida tom ma’nodagi raqobatbardoshlikning vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi.


    Yüklə 462,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə