Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


TEST TOPShIRIQLARNING TURLARI VA ULARNING TAVSIFI



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə67/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

TEST TOPShIRIQLARNING TURLARI VA ULARNING TAVSIFI

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Tinglovchilarni test topshiriqlarning turlari va ularning tavsifi bilan tanishtirish. Tinglovchilarda standart va nostandart test topshiriqlarini tuzish va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun zarur bo‘ladigan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Adabiyotlar tahlili pedagogik testlar standart (bitta javobli) va nostandart (ko‘p javobli)larga ajratilishini ko‘rsatdi.
Standart testlar amaliyotga joriy etilayotganligi sababli unga ta’rif va tavsif berilishning zarurati yo‘q.
Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.
Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
  1. Integrativ testlar;


  2. Adaptiv testlar;


  3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari.


Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.


Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, tahsil oluvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, tahsil oluvchining tanlashiga ko‘ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo‘lishi mumkin.
Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
Mezonli-mo‘ljal olish testlari tahsil oluvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovar natijada tahsil oluvchilarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.
Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlaridagi bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.
Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o‘rinni egallaydi.

Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə