Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti


Qo‘qon xonligi aholisi etnik tarkibiga doir ma'lumotlarning manbalarda aks



Yüklə 277,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix24.12.2023
ölçüsü277,25 Kb.
#157935
1   2   3   4   5   6   7
ozbekiston tarixi

1.2. Qo‘qon xonligi aholisi etnik tarkibiga doir ma'lumotlarning manbalarda aks 
etishi
Ko’plab tadqiqotlarning obyekt hamda manbaviy asosi bo’lib xizmat qilgan asarlar O’rt
a Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy hayoti hamda davlatlarning x
alqaro munosabatlari tarixini yoritashda muhim manba sifatida ilmiy
jamoatchilik 
orasida 
keng 
tarqalgan. 
Shunga 
qaramay, 
ushbu 
manbalardagi
Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixiga oid ma’lumotlar xozirga qadar ilmiy
muomalaga keng tortilmagan. Manbalarda ko’rilayotgan masala yuzasidan
ma’lumotlarning aks etashiga ko’ra umumiy va o’ziga xos jihatlar mavjud. Asarlarning 
barchasiga 
xos 
bo’lgan 
xususiyatlarni 
quyidagilarda 
ko’rish
5
.Ахмедов Б. Узбекларнинг этник тарихини урганишда кулёзма
манбаларни урни. Тарихдан сабокдар. Тошкент, 1994 


10 
mumkin: 
Tadqiqotga jalb etilgan manbalarning deyarli barchasi maxsus O’rta Osiyo
xonliklari aholisi va uning etnik tarixiga bag’ishlab yozilmagan Asarlarning
aksariyatida xonlik aholisi tarkibini tashkil etgan etnik guruhlar biror siyosiy,
iqtisodiy va madaniy voqea-xodisalar bayonida tilga olingan. Chunonchi, ushbu
asarlarda urug’’, qabila nomlari biror mansab egasi yoki siyosiy jarayonlarda
. ishtirok etgan shaxs nomi bilan keltirib o’tiladi. Mavjud manbalardagi 
umumiy xususiyatlardan biriyuqorida keltirilgan asarlarning deyarli barchasida biror et
nik guruhning manzili, ularning turmush tarzi aks etgan ma’lumotlar u yoki bu tarzda
uchraydi 
Manbalarning xar birida xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlarni
ko’rsatib beruvchi ma’lumotlar mavjud.Yuqorida ta’kidlanganidek, so’nggi O’rta asrlar
da O’rta Osiyo jumladan, Buxoro xonligi tarixini o’zida aks ettirgan juda
ko’plab asarlar yaratilgan. Ularning deyarli barchasida Buxoro xonligi aholisining etnik 
tarkibi, hududda kechgan demografik, etnomadaniy va etnointegratsion
jarayonlarga oid ma’lumotlarni uchratish mumkin. Biroq, ularning barchasini bir 
tadqiqot doirasida tahlil qilish imkoniyati yo’qligini hisobga olib, faqatgina ayrimlari 
misolida masalani yoritib berishga harakat qilindi. Aynan bunday turdagi manbalar 
qatoridaZahiriddinMuhammad Bobo’rning “Boburnoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbexonning
“Mexmonnomai Buxoro”, Noma’lum muallifning “Tavorixi go’zida-i nusratnoma”, 
Mirza Muhammad Xaydarning “Tarixi Rashidiy”, Hofiz Tanish Buxoriyning 
“Abdullanoma”, Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon va xaqiqat al-gilmon”, 
Mulla Sharafiddin A’lam ibn Nuriddin oxunning “Tarixi Sayyid Rokim”, Muhammadiy
or ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod”, Muhammad Yusuf Munshiyning
“Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”,
Abdurahmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon”, Mahmud ibn Valining “Baxr alasror fi 
manokibi al-axyor”, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tarixi Koshg’ar”, Mirza 
Abdul Azim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”, Xoja Samandar
Termiziyning “Dastur ul- mulk”, Ahmad Donishning “Tarixi saltanati Mang’itiya” kabi
turkiy va fors tillarida yozilgan asarlarni alohida ko’rsatib o’tish lozimYuqoridagi asarl
arning mazmuni, yozilish tarixi, usuli, tahlili hamda ularning .o’sha davr tarixini 
o’rganishdagi ahamiyati A.A. Semenov, B. Ahmedov, D.Y. Yusupova va R.P. Jalilovalar, 


11 
M.X. Abuseitova va Y.G Baranovalar tomonidan chop etilgan kataloglar hamda 
manbashunoslikkabag’ishlanganasarlardayoki tarjima qilingan asarlarning kirish qismla
rida batafsil bayon qilingan. Shu sababli mazkur qismda asosiy e’tibor ushbu asarlarning 
xonlik aholisi etnik tarixi va mintaqada kechgan demografik jarayonlarni yoritishdagi 
rolini ko’rsatib berishga qaratildi. Buxoro xonligi aholisi etnik tarkibi va xonlikda 
kechgandemografik jarayonlarni tadqiq etish maqsadida jalb etilgan asarlarning ayrimla
ri yuqorida qayd etilgan umumiy xususiyatlar bilan birga ba’zi o’ziga xos jihatlarga ha
m ega. Aynan shunday o’ziga xos jihatlar Zahiriddin Muhammad Bobo’rning 
“Boburnoma” asarida mavjud bo’lib, unda shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan 
mahalliy aholining nomi, ularning etnografiyasi hamda etnolingvistikasiga oid 
ma’lumotlar bayon qilingan.Jumladan, asar muallifining Andijon, Marg’ilon, Samarqad
, Isfara shaharlariaholisi to’g’risida bildirgan fikrlari bunga misol bo’ladi.Shayboniyxon
ning harbiy yurishiga bag’ishlangan Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mehmonnomai 
Buxoro” asari, ko’proq XVI asr boshlarida mintaqada kechgan demografik o’zgarishlar
hamda turli urug’’ va qabilalar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kundalik
mashg’ulotlariga oid ma’lumotlarning uchrashi bilan 
ahamiyatlidir. Asardagi etnik
masalaga doir ma’lumotlarning yana bir jihati shundan iboratki, ular ko’proq o’zbk
urug’’lari, qozoq kabi aholi hamda xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlar to’g
’risida ma’lumot olish imkonini beradi. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan
shayboniy Abdullaxon II (1583-1598)ga bag’ishlab yozilgan «Abdullanoma»
asarida ham xonlik aholisi etnik tarixi maxsus faslda bayon etilmagan bo’lsada,
boshqa manbalardan farqli ravishda muallif o’z asarida ayrim turkiy va mug’ul
urug’’lari to’g’risida alohida saxifada to’xtalib o’tgan. Unda muallif aholiga nisbatan 
“qavm” iborasini ishlatib, ayrim xolatlarda ularning etimologiyasini tahlil qilsa, ba’zida 
ularning 
siyosiy 
mavqei 
hamda
geneologiyasiga izoxlar bergan.
Xususan, Hofiz Tanish Buxoriy biror bir urug’’ yoki qabila nomining etimologiyasini 
tahlil 
qilar 
ekan, 
uning 
nomini 
kelib 
chiqishini geografik joy nomi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Masalan muallifning 
ogojiri qavmi to’g’risidagi fikrlari bunga misol bo’ladi. Asarda yozilishicha, o’rmon
chetlarini o’zlariga yurt va qarorgoh qilib olgan bir toifani O’g’o’zxon “og’och yeri”, 


12 
ya’ni, 
“o’rmon 
kishisi” 
deb 
atagan. 
Hofiz Tanishning 
ta’kidlashicha,
ogojirlarning barchasi shu toifadan bo’lgan. 
Shuningdek, asar muallifi ba’zi qavmlar
nomlarini yuz bergan biror vodqea va hodisa oqibatida vujudga kelganligini qayd
etgan. Jumladan, Hofiz Tanishning ko’rlik, xalaj qavmlarining nomini kelib
chiqishi to’g’risida yuritgan fikridan ana shunday ma’noni anglash mumkin.
Qolaversa, asarda ayrim etnik guruhlarniig nomi ularning kundalik mashg’ulotlari bilan 
bog’liqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud bo’lib, uni muallifning
kelib chiqishi to’g’risida keltirgan ma’lumotidan anglash mumkin. Etnik masalaga oid 
ma’lumotlarni aks ettirishda o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan manbalardan yana biri X
VII asrda yozilgan Mahmud ibn Valining “Baxr alasror fi manokib alaxyor” asaridir. U
ning boshqa manbalardan farqli jixati shundaki, siklopedik xarakterga ega, 7 jilddan ibo
rat ushbu asarning “Geografiya” qismida muallif xonlik hududida yashagan ayrim urug’ 
hamda 
kabialalar 
va 
ularning 
siyosiy 
mavqei 
to’g’risida
to’xtalgan. Mahmud ibn Vali o’z asarining oltinchi jildini xulosa qismini
Hindistonga qilgan sayohati, turk-mug’ul qabilalari hamda turli bayram
tadbirlarining bayoniga bag’ishlagan Shu sababli asarning tarix va aynan etnik
tarixga oid qismlarini o’zbek tiliga tarjima qilish bugungi kun tadqiqotchilari oldida
turgan muhim vazifalardan biridir. Bu esa nafaqat O’zbekistan balki, butun
Markaziy Osiyoning O’rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda etnik
tarixini muhim ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyatini beradi.
6
 
Ashtarxoniy
hukmdor Imomkulixon (1611-1642)ga atab yozilgan Muhammad Yusuf Munshiyning 
“Tarixi Muqimxoniy” asari ham ko’rilayotgan masala bo’yicha ayrim o’ziga xos 
xususiyatlarni jamlaganligi bilan ajralib turadi. Unda Movarounnahr va Turkiston 
hududlariga Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko’chmanchi o’zbeklarning joylashuvi, 
turli etnik guruhlar o’rtasidagi nikoh munosabatlari borasida qiziqarli ma’lumotlar o’rin 
olgan. Jumladan, asarda shayboniy Dinmuhammadxonning (Shayboniy sultonlardan, 
XVIasro’rtalarida Balx hokimi bo’lgan Pirmuhammadxoning o’g’li) Mashhad sayidlari 
dan biri, imom Rizo maqbarasining imomi Mirzo Abu Tolibning qizini o’z nikohiga 
6
Абдуллаев У. Фаргона водийсида этнослараро жараёнлар — Тошкент,
Янги аср авлоди. 1995 


13 
olganligi to’g’risida so’z yuritilgan. Bu ma’lumot bir tomondan Buxoro xonligi aholisi
ning boshqa hudud xalqi vakillari bilan amalga oshirgan o’zaro sulolaviy 
nikoh munosabatlari to’g’risida guvohlik bersa, ikkinchi tomondan, asli kelib chiqishi
ko’chmanchi o’zbeklardan bo’lgan Shayboniy sulolasi vakillarining o’troq aholi
bilan assimilyatsiyalashuvi jarayonini ko’rsatadi.Dashti Qipchoqdan kelgan kyamanchi 
aholining xonlik mahalliy aholisi bilan ana shu tarzda assimilyatsiyalashuvi borasida 
yana ko’plab misollar keltirish mumkin. Bunta, noma’lum muallif tomonidan yozilgan 
“Tavorix-i guzida-i nusratnoma” asarida keltirilgan Shayboniyxon o’g’li Temur 
sultonningTermiz sayidlaridan birining Xonzoda ismli qizini o’z nikohiga olganligi haq
idagi ma’lumot ham isbot bo’la oladi.Bu nikoh munosabatlarining aksariyati hukmdorl
ar tomonidan
xonlikda katta ta’sir kuchiga eta bo’lgan diniy ulamolarning qo’llab-
quvvatlashiga erishish va shu orqali siyosiy mavqeini mustahkamlash maqsadida 
amalga oshirilgan. Yoki ayrim diniy ulamolar o’zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqei ha
mda iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish uchun ham shu yo’lni tutgan. 1938 yili 
Rossiya 
FA 
Sharqshunoslik 
instituti 
jamoasi 
tomonidan 
qadim
zamonlardan boshlab, XIX asr 80yillarigacha bo’lgan turkman xalqi tarixi bo’yicha
ikki jildlik material nashr etalgan edi. Uning ikkinchi jildida ko’plab fors va turkiy tilda
gi 
manbalar 
qatorida 
«Firdavs 
ul-iqbol», 
«Riyoz 
ud-davla», 
amaliy 
loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotning vaqt hamda boshqa ayrim tashkiliy jixatlar
dan cheklanganligi tufayli unda O’rta Osiyo tarixiga doir barcha manbalarni qamrab
olish imkoni bo’lmadi. Shu jixdtdan, ayrim qo’shimcha manbalar, jumladan
Ollomurod Annaboy o’g’li qalamiga mansub “O’g’uz, Olanquva, Shayboniynoma” asa
rini o’rganish, undagi etnik tarixga doir ma’lumotlarni tahlil qilish keyingi
tadqiqotlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
7
 Asarning ahamiyatli tomoni
shundaki, uch qismdan iborat asarning ikkinchi qismi Qo’ng’irotlar, ularning
avlodlari va uchinchi qismi esa turklarning geniologiyasiga bag’ishlangan.Xulosao’rnid

shuni 
qayd 
etish 
lozimki, 
ushbu 
tadqiqotda 
O’rta 
asr
manbalarida keltirgan ma’lumotlarning asosli yoki asossiz ekanligi ba’zi 
7
Нуруллаева Ш. (Хоразм маъмун академияси) XIX аср охири - XX аср
бошларида Хива хонлиги ахолиси хакдца баъзи маълумотлар. T.: 1994 


14 
xollarda tegishli materiallarning yetarli emasligi tufayli tahlil qilinmadi. Zero, ayrim
ma’lumotlar ushbu soha mutaxassislari o’rtasida bugungi kungacha turli baxslarga saba
b bo’lmoqda. Shu jixatdan qisqa muddatda amalga oshirilgan loyixa doirasida tayyorla
ngan ushbu kurs ishida O’rta asr manbalarida Buxoro, Xiva va Qo’qon
xonliklari etnik tarixi, unda kechgan demografii jarayonlar to’g’risida keltirilgan
ma’lumotlar hamda ularning qanday shaklda hamda tartibda berilganligi bir qator O’rta
asr manbalari misolida ko’rsatib berildi. XV asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida O’rta 
Osiyodakechgan etnodemografik o’zgarishlar, xususan, Dashti Qipchoqdan ko’p sonli 
ko’chmanchi aholining Movarounnahr, Xorazm hududlariga kirib kelishi hamda ularni
ng o’troq turmush tarziga o’tish jarayoni mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham o’z ta’sirini
ko’rsatdi. Yagona siyosiy hududiy birlik o’rnida bu yerda Buxoro va Xiva xonligi, keyi
nchalik Qo’qon xonligi tashkil topishiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’ldi. Ushbu da
vlatlar orasida o’zining hududiy va siyosiy mavqeiga ko’ra Buxoro xonligi mintaqada o
’ziga xos o’rinni egallagan edi Shayboniylar sulolasi davrida (1501- 1601) yuzaga 
kelgan 
ushbu 
davlat 
hududiga 
dastlab 
Movarounnahr, 
keyinchalik,
Turkiston, Xuroson va ayrim xollarda Xorazm ham kirgan. Xonlikning hududiy
chegarasi xaqidagi ushbu fikr ko’plab tadqiqotchilar, jumladan, V.V. Bartold va
R.G. Muqminova kabi olimlarning ishlarida ham o’z aksini topgan. Hofiz Tanishning 
«Abdullanoma» asarida ham «Koshg’ar viloyati chegarasidan to Xorazmgacha va Dashti 
Qipchoq chegarasidan to Qandahor etagigacha bo’lgan yerlar, butun Movarounnahr, 
Xuroson,TurkistonvaXorazm uning tobeligiga o’tdi», deb ma’lumot beriladi. Buxoro xo
nligi hududi to’g’risidagi ushbu ma’lumot XVI asr ikkinchi yarmi, Shayboniy 
AbdullaxonIIhukmronligi davriga tegishli bo’lib, yuqoridagi viloyatlar muntazam xonli
k tarkibida bo’lmagan. Chunki XVI-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari 
o’rtasidagi o’zaro urushlar hamda Eron va Hindistonning mintaqada o’z manfaatlarini 
o’rnatishga bo’lgan xarakatlari Buxoro xonligi hududining o’zgarib turishiga sabab bo’
lgan. Bu xolat esa manbalarda xonlikning hududiy chegaralari to’g’risida turli xil
ma’lumotlarni aks etishiga sabab bo’lgan O’z navbatida ta’kidlash kerakki, davlat 
chegaralariningo’zgaribturishi xonlik aholisining etnik tarkibi va mikdoriga o’z ta’sirini
ko’rsatgan. Ushbu jarayon o’rta asr mahalliy manbalarida ham aks etgan bo’lib, garchi


15 
asarlarda Buxoro xonligi hududidagi aholi soni borasida aniq faktlar keltirilmasa-da, 
avvalgi qismlarda ta’kidlanganidek, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi hamda urf-
odatlari, tili borasida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Chunonchi, bu davr manbalarida xonlik hududida mahalliy aholi ularning yashab
kelayotgan joy nomi bilan tilga olinganligi ko’zatiladi. Jumladan, Muhammadiyor ibn 
Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida Temuriylar va Shayboniylar
o’rtasida Movarounnahr uchun bo’lib o ‘tan janglardan birini tasvirlash jarayonida Das
hti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi jangchilarga nisbatan mahalliy qo’shin
askarlarining fe’l atvoridagi ustunlikni ko’rsatar ekan, muallif ularni –
« movarounnahrliklar” deb, qayd etgan.Hofiz Tanish ham o’zining “Abdullanoma” asari
da mintaqa aholisiga nisbatan "Movarounnahr xashi” iborasini ishlatgan. Muhammad Y
usuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning 
«Ubaydullanoma» kabi asarlarida esa ko’p xollarda ular shahar nomlari bilan ya’ni, 
"buxorolik ”, “samarqandliklar ”, "toshkentliklar ” tarzida keltirilgan.
Shuningdek, Zahiriddin Boburning “Boburnoma”, Ahmad Donishning «Tarixi salotini 
mang’itiya” asarlarida xonlik aholisiga nisbatan “el”, “elat” iboralari ham qo’llanilgan
Bundan tashqari o’rta asr muarrixlari o’z asarlarida Buxoro xonligidagi shahar aholisi
to’g’risida so’z yuritganda ko’p xollarda ularni etnik nom bilan emas balki, ijtimoy
mavqei yoki kundalik mashgulotlari bilan ya’ni, dehqonlar, hunarmandlar,
savdogarlar, ilm ahillari hamda diniy ulamolar deb atagan.Shuningdek, manbalarda yan
a hunarmand aholi yashash joyidan kelib chiqib, shaharlik hamda qishloliq hunarmandl
ar toifasiga ajratilgan.Moli yashash joyining geografik xususiyatiga qarab tasniflash 
xolatini.MuhammadAminBuxoriyning asarida ham kuzatish mumkin. Xususan, muallif
Buxoro shahrida yashovchi xalqqa nisbatan shahriy, Miyonqol atrofida yashagan 
aholiga esa saxroyi atamasini qo’llagan. Shuningdek, mazkur atamani muallif Buxoro 
xoni,saroyidagi amaldorlarni ta’riflash asnosida ham keltirib o’ttan. “Ubaydullanoma”d
agi mazkur ma’lumot bu davrda xonlik saroyida xizmat qilgan turli mansab egalari ham
o’troq, ham ko’chmanchi aholi vakillaridan iborat bo’lganligini ko’rsatadi. XVI asrda 
yaratilgan 
manbalar 
orasida 
Zahiriddin 
Muhammad 
Bobo’rning
“Boburnoma” asarida mahalliy aholi haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Garchi asar


16 
dagi voqealar XV asr oxiri - XVI asr boshlariga oid bo’lsa-da, uning davriy
jixatdan yakinligini hisobga olib, mazkur asarni xonlik aholisining etnik tarixi
to’g’risida ma’lumot beruvchi muhim manbalar qatoriga kiritish mumkin.“TarixiMuqim
xoniy”da 
esa 
asar 
muallifi 
Imomqulixonning 
Balxga 
qilgan tashrifini tasvirlar ekan, "... shuningdek, barcha ulug’, taniqli va martabali kishil
ar, olimlar, o’zbek va tojik aholisining turli ijtimoiy qatlamlari vakillaridan harbiylar va
taniqli kishilar chiqdi. Usha kuni bu uchrash hamda hammasi bo’lib tahminan 100 000 
kishi ishtirok etdi”, deb Balx shahri aholisining ma’lum miqdori va tarkibi
haqida ma’lumot berish qatorida “o’zbek” va “tojik” atamalarini ishlatgan. Muallif bu 
yerda ushbu atamlarni kimlarga nisbatan ishlatgani to’g’risida izoh bermagan
8
.  

Yüklə 277,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə