Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 277,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü277,25 Kb.
#157935
  1   2   3   4   5   6   7
ozbekiston tarixi




Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi
Jizzax davlat pedagokika universiteti 
‘’Tarix o’qitish metodikasi yonalishi’’ 
O’zbekiston tarixi fanidan
KURS ISHI 
MAVZU: Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik jarayonlarning
manbalarda aks etishi (XVIII-XIX asrlar)
Bajardi: tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi
5 kurs talabasi Abduganiyev Jasur 
Ilmiy rahbar: Eshonqulov U 
Jizzax 2023 



KIRISh ………………………………………………………..3 
Ibob. O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixi 
1.1. VI-XIX asr birinchi yarmi O‘rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan
manbalar va ularning umumiy tavsifi....................................................5 
1.2. Qo‘qon xonligi aholisi etnik tarkibiga doir ma'lumotlarning 
manbalarda aks etishi................................................................................9
IIbob.Qo’qon xonligi demografiyasi 
2.1. Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik o‘zgarishlar va unga ta'sir 
ko‘rsatgan omillarning manbalardagi talqini....................................16 
XULOSA.........................................................................................................29
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYoTLAR RO‘YXATI................32



 KIRISh 
 
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligi qo‘lga 
kiritilgan kundan boshlab uning hududida yashagan xalqlarning etnik tarixi, kelib
chiqishi, shakllanish jarayonlari, milliy qadriyatlarga aylangan asriy an'analarini 
o‘rganishga alohida e'tibor berila boshlandi. Zero, jadidchilik harakatining yirik 
namoyondalaridan biri Maxmudxo‘ja Behbudiy ta'kidlaganidek, "nasl-nasabi va yetti 
otasining ismini bilmaydiganlarni qul manqurt derlar". Ma'lumki, O‘zbekiston hududida 
qadimda saklar, massagetlar, sug‘diylar, boxtarlar, xorazmliklar, farg‘onaliklar va 
chochliklar yashab kelishgan. Shu bilan birga O‘rta Osiyo mintakasi turli millat va elatlar 
hamda ko‘chmanchi va o‘trok aholi doimiy ravishda o‘zaro aloqada bo‘lib kelgan joy 
hisoblanadi. Shu bois O‘zbek xalqi etnogenezining shakllanishida bu yerda istiqomat 
qilgan elat, urug‘, qabilalar va ularning o‘zaro ta'siri muhim rol o‘ynagan. Etnogenez esa, 
uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo‘lib, XVI - XIX asrlarda ham davom etgan. Demak, 
ko‘rilayotgan davr etnik tarix 
1
 
masalalarini tadqiq qilish o‘zbek xalqi etnogenezi tarixining muhim muammolaridan 
birini hal etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qo‘yilgan masalani so‘nggi o‘rta asrlarda 
yaratilgan turkiy va fors tilidagi manbalar, arxiv hujjatlari, "Safarnoma" xarakteridagi 
asarlar asosida tadqiq kilish ishning dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Albatta, amalga 
oshirilgan tadkikot bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar, aynan etnik tarix va 
etnogenez jarayonlariga bag‘ishlangan mavjud adabistlarni o‘rganish, ularda ilgari 
surilgan nazariy-g‘oyaviy xulosalarni qiyosiy taqlil qilish asosida tayyorlandi. Xususan, 
V.V. Bartolьd, N.A. Aristov, A.Yu. Yakubovskiy, P.P. Ivanov, B. Axmedov, K. 
Shoniyozov, A. Asqarov kabi yirik olimlarning ishlari bu borada tayanch vazifasini o‘tadi. 
Masalaning o‘rganilish tarixi hamda bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar ko‘lami 
akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha ochib berilgan 
1.1bob . Olim S.P. Tolstov, A.D.Udalьtsov, K.V.Trever, I.I.Umnyakov, A.N.Bernshtam, 
L.A.Matsulevich, M.M.Gerasimov, N.A.Kislyakov, V.V.Ginzburg, A.Yu.Yakubovskiy 
1
.Шавкат_Мирзиёе Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 
Бирлашган миллатлар ташкилоти Тошкен 2021 - 280 б 



kabi tadkiqotchilarning ishlarini tahlil qilib, o‘zbek xalqi etnogenezi masalasiga doir turli 
qarash va yondashuvlarga izoh bergan. Jumladan, XX asr 40-yillarigacha xorijiy va sobiq 
SSSRda tarixchi olimlar o‘rtasida o‘zbek xalqi etnik tarixi XV - XVI asrdan, ya'ni 
Movarounnahr hududiga Dashti Qipchoq o‘zbeklarining kirib kelishidan boshlangan, 
degan noilmiy fikrlarning asossiz ekanligini ochib berishga qaratilgan ishlar yuzasidan 
aniq xulosalar bergan. K.Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G‘arbiy 
yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining
shovinistik nazariyalariga karshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham 
batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan yakuniy 
xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug‘-qabilachilik an'analarini saqlab, 
asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib, ko‘chmanchilik bilan kun o‘tkazib kelgan Dashti 
Qipchoq o‘zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib o‘rnashgach, mahalliy aholi bilan 
yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqtisodiy va madaniy birlik hosil 
bo‘lganligi hamda buning asosida keyinchalik o‘zbek millati tashkil topganligi 
ta'kidlangan.K.Shoniyozov tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqotlar o‘zbek xalqi 
etnogenez masalasi yuzasidan fanda mavjud bo‘lgan natijalarni bir tizimga solishga, 
yangicha yondashuv va nazariy-g‘oyaviy qarashlarni ilgari surishga yordam beradi. 
Asarda o‘zbsk xalqining etnogenez jarayoni, ayniqsa uning dastlabki boskichlari batafsil 
tahlil qilingan. Ko‘rilayotgan masalaning Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish 
jarayoni. Toshkent, 2001. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni 
kadimdan to XV asrgacha bo‘lgan davri turli arxeologik, numizmatik materiallarni turkiy, 
arab va fors tilidagi manbalar bilan kiyoslab o‘rganilishi ishning ilmiy ahamiyatini yanada 
oshirgan. Asarning o‘zbek xalqi shakllanish jarayonini aks etgiruvchi muhim tadqiqot 
sifatidagi ahamiyatini e'tirof etgan holda, qayd etish lozimki, unda so‘nggi o‘rta asrlarda 
O‘zbekiston hududida kechgan etnik jarayonlarga yetarlicha o‘rin ajratilmagan. Xususan, 
muallif "XVI-XVIII asrlarda Movarounnahr vaunga tutash mintaqalardagi etno-siyosiy 
ahvol" deb nomlangan qismda asosiy e'tiborni mintaqada kechgan siyosiy ahvolni 
yoritishga qaratgan. Shu bilan birga, olim XVI asrda ko‘chmanchi urug‘larning Dashti 
Qipchokdan Movarounnahr va unga tutash hududlarga kirib kelishi, aholining etnik 
tarkibi, mashg‘ulot turlari hakidagi umumiy ma'lumotlarni berib o‘tish bilan cheklangan. 



Shuningdek, tadkiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim manbalargina 
muomalaga tortilgan. Ba'zi holatlarda esa manbalardagi ma'lumotlarni keltirishda ba'zi 
juz'iy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, XVI asrning 30-yillarida Buxoro
hukmdorlarining yurishlari natijasida Xiva xonligi aholisining bir kismini turli 
hududlarga olib ketilish jarayoni yoritilgan sahifalarda ayrim chalkashliklar, 
iqtiboslardagi noaniqliklar ko‘zga tashlanadi. O‘z o‘rnida akademik B. Ahmedov ham 
O‘zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo‘lib shakllanishi masalasini tadqiq etishda 
qo‘lyozma manbalarning muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlab o‘tgan
2
 

Yüklə 277,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə