Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 277,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü277,25 Kb.
#157935
1   2   3   4   5   6   7
ozbekiston tarixi

II bob
 
2.1. Qo‘qon xonligida yuz bergan demografik o‘zgarishlar va unga ta'sir
 
ko‘rsatgan omillarning manbalardagi talqini
 
Manbalarda yana “92 o’zbek urug’’i” iborasi ham ishlatilib bu ma’lumotlar ularning
aksariyati 
Buxoro 
xonligi 
hududida 
yashaganligini 
tasdiqlaydi.
Bu,xolatBuxoro xonligi hududida qanday urug’’ va qabilalar yashaganligi to’g’risida m
a’lumot olish imkonini beradi quyida manbalardagi ana shu ma’lumotlar asosida xonlik
hududida yashagan urug’’ va qabilalar hamda ular bilan bog’liq jarayonlar alifbo 
tartibida keltiriladi: Aymoq urug’’i, XVI-XVIII asrlarda yaratilgan manbalarda Buxoro
xonligida yashagan bir etnik guruh sifatida tilga olinib, asarlarda yozilishicha, ular asos
an Xuroson hududida istiqomat qilgan. Xususan, “Tarixi Muqimxoniy” va
“Baxr alasror fi manokibi alaxyor” asarlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, usha davrda aymo
qlar asosan Qunduz hamda Balxning Chechaktu, Darayi suf, Karki, Maymana hududlar
ida yashagan. “Ubaydullanoma” asarida esa xonlikda ma’lum bir mavqeyni 
egallagan ko’chmanchi aymoq urug’’iga mansub kishilar to’g’risida ma’lumot berilgan.
Xonlik aholisi tarkibida arablar ham bo’lib, asarlarda yozilishicha, ular Buxoro,
Qashqadaryo, Balx va boshqa hududlarda yashagan. “Baxr alasror fi manokib alaxyor” 
muallifi Balxning Xulm shahri atrofida ko’chmanchi arablar yashaganligini ta’kidlasa, 
8
Ахмада Дониша. История Мангитской династии / Перевод, предисловие
и примечанияИ.А. Наджафовой. Душанбе: Дониш, 1967 


17 
“Tarixi Muqimxoniy” asari muallifi arablar Balx hokimi Mahmudbiy
otaliq qo’shinining asosiy tarkibini tashkil qilganligini qayd etgan.
Buxoro xonligi tarixiga oid manbalarda mamlakatda arg’un urug’i ham
yashaganligi va ular o’ziga xos mavqeyni egallab, yuqori mansablarda faoliyat
ko’rsatganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, “Boburnoma”da XV
I asr birinchi yarmida Qorako’lda hokimlik qilgan Sulton Xusayin arg’un nomi
tilga 
olingan. “Tarixi Muqimxoniy” asarida esa devonbegi lavozimida faoliyat
ko’rsatgan Ali Said devonbegi arg’un nomi zikr etilib, u boshchiligidagi arg’un
qabilasi Balxda Qipchoqlarga qarshi kurashda faol ishtirok etganligi yozilgan. Barloslar 
nomi 
ham 
manbalarda 
tez-tez 
tilga 
olingan 
urug’’lardan 
biri
hisoblanadi. Jumladan, “Boburnoma”, “Musaxxir al-bilod”da, nufuzli amirlar
qatorida Shayx Abdullox barlos va boshqalar, temuriy hukmdor Boburmirzo
qo’shini tarkibida faoliyat ko’rsatgan Qaro barlos, temuriy Badiuzzamonning xos
amirlaridan Shohmuhammad barlos, Sulton Boyazid barlos, Amir Haydar Burundoq
barlos, Shayboniyxonning rafiqalaridan biri Sevinch Qutluq Og’oning bobosi,
buxorolik Amir Muhammad Burunduq barloslar nomi zikr etilgan Asosan Zarafshon 
vodiysi 
hududida 
yashagan, 
uncha 
katta 
bo’lmagan
urug’lardan biri burqut (barqut) urug’i hisoblanib, «Tarixi salotini mang’itiya”
muallifi Amir Doniyol davrida parvonachi lavozimini egallagan Yodgor burqut
hukmdorga qarshi bosh ko’tarish bilan birga Muhammad Aminxo’ja va Nurota
hokimlarini ham xonga qarshi qo’yganligi to’g’risida ma’lumot bergan.
Muhammadiyor ibn Arab Qatagan o’z asarida Xo’ja Muhammad sulton va Shox
Budog’ sulton ibn Abulxayrxonlarning onalari barqut elidan bo’lganligi
ta’kidlangan. O’rta Osiyo xonliklari tarixini yorituvchi manbalarda ko’p
uchraydigan urug’lardan biri bu do’rmonlar bo’lib, ular Buxoro xonligida katta
kuchga va mavqega ega bo’lgan. “Abdullanoma” asari muallifi do’rmon urug’i
to’g’risida ma’lumot keltirib, uning etimologik ma’nosini berishga xarakat qilgan Hofiz 
Tanishning yozishicha, do’rmon toifasi Nirundan tarqalgan bo’lib, ular 
4 o’g’il bo’lgan va o’zlari turgan joydan Chingizxonning viloyatiga kirishni istagan. Ul
ar sol bog’lab (yogochlarni birlashtirib bog’lab suvda suzish uchun


18 
moslashtirilgan moslama), unda suzib Chingizxon viloyatiga kirgan va hozirgi
do’rmon qavmi o’shalarning naslidan hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha,
mo’g’ulchada 
“do’rmon” 

“to’rt” 
degan 
ma’noni 
anglatadi.
Ashtarxoniylardavri tarixiga oid asarlarda esa yobular borasida ham ma’lumotlar berilg
an bo’lib, unga qora yobular XVII XVIII asrlarda kechgan etnik jarayonlarda faol ishtir
ok etgan. Shuningdek, Buxoro xonligi aholisi tarkibida jamshid, jobut kabi urug’lar
bo’lganligi to’g’risida 
manbalarda kam bo’lsada ma’lumotlar uchraydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ularning ichida jamshid urug’i asosan Balxning
Chechaktu hududida, jobut urug’i bugungi Qashqadaryo hududlarida yashagan. XVII-
XIX 
asrlarda 
Buxoro 
xonligida 
kechgan 
siyosiy 
jarayonlarda 
faol
ishtirok etgan urug’lardan biri kenagaslar hisoblanib, ashtarxoniy Abulfayzxon va Man
g’itlar sulolasi vakili Amir Haydar hukmronligi yillarida ularning xonga qarshi ko’zg’o
lon ko’targanligi mahalliy manbalarda bir necha bor tilga olingan. Asarlarda kenagaslar
xonlikning Shahrisabz hududida yashaganligi qayd etiladi.Buxoro xonligi hududida yas
hagan va undagi siyosiy jarayinlarda faol ishtirok etgan urug’lardan yana biri mang’itla
r hisoblanib, ular to’g’risida manbalarda turli ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, 
Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida mang’itlar haqida 
ma’lumotlaryozilibasarmuallifi ularni asosiy yashash joyi sifatida Dashti Qipchoq hudu
dini ko’rsatgan.Jumladan, “Ubaydullanoma” asarida dastlab Shahrisabz hokimi etib tay
inlangan keyinchalik parvonachi mansabini egallagan Xudoyor biy mang’it haqida so’z 
yuritilib, ma’lumotlar uni ashtarxoniylar hukmronligi davrida o’ziga xos mavqega ega
bo’lganligini tasdiqlaydi. XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarda mang’itlar bir
nom bilan atalgan bo’lsa, keyingi davr manbalarida esa mang’itlarning turli nomlai
uchraydi. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”
nomli asarida Oqtepa mudofaasida ishtirok etgan qo’shin boshliqlari orasida
Rahmonqulibiy parvonachi to’q mang’it ismi va qora mangitlar ham tilga olingan. Bu u
rug’ni guruhlashtirish xolatini XIX asrda o’rtasiga, jumladan, Buxoroga tashrif buyurga
n N. Xannikovning asarida ham ko’rish mumkin. Uning e’tirof etishicha,
mang’itlar uch guruhga bo’linadi: to’q mangit, qora mang’it, oq mang’it. Ular
asosan Buxoro va Qarshi atroflarida o’troq va yarim ko’chmanchi turmush tarzida yash


19 
agan. Manbalarda ko’p tilga olinadigan urug’lardan yana biri minglar
xisoblanib, ma’lumotlardan ayniksa ashtarxoniylar davrida ularning siyosiy
jarayonlardagi roli kuchayganligini ko’rish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”,
“Ubaydullanoma” va “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida bu davrda minglar o’troq va yari
m ko’chmanchi tarzda hayot kechirib, asosan Shibirg’on, Karki, Maymana,
Samarqandning Urgut, O’ratepa hududlari, shuningdek, Balxda yashaganligini va
to’qsoba, devonbegi mansablarida faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ko’plab
ma’lumotlar uchraydi. Nayman urug’i ham xonliklar davrida o’ziga xos mavqega ega 
bo’lgan urug’lardan biri hisoblanib, XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarning deyarli
barchasida ushbu urug’ nomi uchraydi. Masalan, nayman urug’ini Shayboniylar
davrida, ayniqsa Abdullaxon II tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlarda fol
ishtirok etganligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari “Ubaydullanoma” asarida
Buxoroda, Termizning Derf qal’asida, Samarqandda yashagan naymanlar
to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Asar muallifining yozishicha, naymanlar xon
saroyida yuqori lavozimlarni egallab, hukmdorning chap tarafida o’tirgan. Bunga
manbadagi to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ne’matullobiy to’g’risidagi
ma’lumotni misol qilish mumkin.
Asarlarda shuningdek, olchin urug’i vakillarining
ma’muriy boshqaruvdagi faoliyatlari haqida so’z 
 
yuritish imkonini beruvchi
ma’lumotlar mavjud. Xususan, “Ubaydullanoma” asarida 1704-1705 yillarda
Termizga qilingan yurishda qo’shinga bosh bo’lgan amaldorlar qatorida Boqi
to’qsoba olchin nomi ham tilga olingan. Manbadagi bu ma’lumot uning vakillari
Buxoro xonligida to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatib, xonlik harbiy yurishlaria faol 
ishtirok etganligini ko’rsatadi. 
9
1511 yilda mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Xiva 
xonligining aholisi nafadat etnik, balki madaniy-iqtisodiy jixatdan ham bir biridan farq 
qiluvchi guruhlardan iborat bo’lgan. Shu jixatdan xonlik egallagan hudud ham uning
tarkibiga kirgan aholi etnik qiyofasi, turmush tarzi haqida ma’lum darajada
tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. 
Manbalarda ko’rsatilishicha, Xiva xonligi
asoschisi Elbarsxon davrida Xurosonning shimoliy qismlari, jumladan, Maxin va
9
https://fayllar.org/138185.html 


20 
Durungacha bo’lgan yerlar, shuningdek, Balxon va Mang’ishloqdagi turkmanlar
istiqomat qilgan hududlar Xiva xonligi tarkibiga kiritilgan«Shajarayi turk» asarida qayd
etilishicha, So’fiyonxon davrida (1516-1522) Xiva xonligi hududlari ikkiga bo’lingan: 
suvbo’yi,Xevak,Hazorasp,Kat, Buldumsoz va Pingichka hamda tog’ bo’yi – Bog’obod,
Nisoy, Obivard, Chaxordex, Maxna va Chacha (Chaxchak). Asarda qayd etilganidek, 
Avaneshxon davrida (1526-1538) Xuroson etagidan to Astrobodgacha bo’lgan yerlar 
«Urganch podshohlariga talluqli bo’lib, ani tog’ bo’yi, Urganchni suv bo’yi» deganlar.
Musoxon davrida (1703/1704) Marv, Astrobod va tog’oldi hududlarining barcha
shahar va qal’alari Xiva xonligiga jizya va xiroj soliqlarini to’lagan. Sherg’ozixon davri
da (1714-1728) Orol qoraqalpoqlari, shuningdek, Marv shahri (Marv-i
Shohijon) dan to Astrobod va Balxongacha, Atroq va Jurjon sohiligacha bo’lgan
yerlarda yashovchi qizilbosh va turkmanlar xonlikka itoat etishgan hamda xonlik
xazinasiga xiroj va turli tansuqot bilan soliq to’lab turishgan. Manbalarda, xususan, «Sh
ajarayi turk»da katta hududni egallagan Xiva xonligi aholisi tarkibidagi etnik birlashma
lar haqida ma’lumot berilar ekan, muallif tomonidan «jamoa», «ev», «el», «qavm», «ur
ug’», «qabila», «xalq» kabi iboralar qo’llanilgan Lekin, turkmanlar yoki boshqa qabila
lar xaqida so’z yuritilganda, ba’zan taka “xalqi”, ba’zan turkman “qabilasi” yoki “jamo
asi”, ba’zi joylarda “urug’” iboralari bilan atalgan. Ma’lumotlarni o’rganish asosida 
shuni aniq qayd etish mumkinki, «ev» — oila, xonadon, yurt ma’nolarida kelgan. «...evi 
va eli» kabi hollarda birga qo’llanilgan. «El» — urug’, qabila sifatida ishlatilganligi 
kuzatiladi.Xonlik aholisining asosiy qismi o’zbeklardan tarkib toptan bo’lib, ular aloxid
a imtiyozlarga ega bo’lgan. Xorazm voxasi sug’orilish tarixini chuqur tadqiq qilgan 
akdemikY. G’ulomov bu masalaga atroflicha to’xtalib o’tgan. Olim ta’kidlaganidek, su
g’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan o’zbek urug’larining ariq va kanal boshlarida
joylashishi xonlar tomonidan doim ta’minlab kelingan.«Firdavs uliqbol» asarida keltiril
gan qiziqarli ma’lumotlar so’ngi o’rta asrlar Xorazm voxasi aholisi tarkibidagi o’zbek 
urug’lari va ularning joylashuvi haqida yaqqolroq tasavvur qilish imkonini beradi
Xususan, ushbu ma’lumotlarga tayangan xolda, Xiva xoni Abulg’ozixon (1644/45- 
1663)tomonidanamalga oshirilgan isloxot natijasida birlashma — «tup»ga bo’lingan A
mudaryo quyi oqimi o’zbek urug’lari tarkibini quyidagi jadval asosida ko’rib o’tish mu


21 
mkin.Birto’pga kiritilgan urug’lar Urug’larga qo’shilgan urug’lar I. Uyg’ur, Nayman
Do’rmon, yuz, ming, Shayx, burloq. II. Qiyot, Qo’ng’irot Jaloyer, eli,
III. Nukuz, Mang’it. Kenagas, Xo’jayli IV. Qang’li, Qipchoq. O’n to’rt urug’
Abulgozixon tomonidan o’tkazilgan isloxot urug’lararo kurashlarga chek
qo’yish maqsadida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tadbir bo’lib, keyinchalik
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning o’troqlashish jarayonini
kuchaytirish maqsadini ham ko’zda tutgan edi. O’tkazilgan bu tadbir Xiva xonligi tarixi
ga doir deyarli barcha tadqiqotlarda ko’rsatib o’tgan va qo’yilgan muammodn
kelib 
chiqib, o’nta davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar yuzasidan
baxo berilgan. Shunga qaramay, turli urug’larning bir tupga birlashtirilishi va
Amudaryo bo’ylab joylashtirilishi qanday prinsip asosida amalga oshirilganligiga
alohida izoh berilmagan. Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish asosida mamlakat
siyosiy, iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish maqsadini ko’zda tutgan ushbu tadbirni am
alga oshirishda quyidagi jixatlarga e’tibor berilganligini tahmin qilish mumkin: Jumlad
an, Muhammad Rahimxon I ning Orolga qilgan yurishi davrida (XIX asr) «o’zbek sipo
hi» to’rt qismga bo’linib, qal’aning sharqiy qismiga qo’ng’irot va qiyot kun chiqar bilan 
qibla oralig’iga uyg’ur va naymam, ibla bilan kun botar orasiga
nukuz 
va mang’it, g’arbiy tarafiga o’n to’rt urug’ qo’shinlarining joylashtirilganligi
ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Munis va Ogaxiy hamda Bayoniy ma’lumotlar'i asos
ida alohida tuplarga bo’lingan urug’larning Amudaryo bo’ylab joylashtiriligani ham ko
’satib o’tish mumkin. Naymanlar Pitnakdan to Yangi Ariq va Urganchgacha
bo’lgan 
Hazorasp 
hududlarini 
egallagan. 
Amudaryo 
bo’ylab 
naymanlardan
pastroqda Urganch shahridan to Gurlan tumanigacha va Amudaryoning o’ng
qirg’og’ida yerlarda uyg’urlar o’rnashgan.Gurlandan to Lavzan irmog’igacha mang’itlar
ulardan pastroqda daryo oqimi bo’ylab hamda deltaning (daryoning Orol dengiziga quy
ilishi atroflari) o’rta qismida nukuzlau va mang’itlarning yana bir qismi joylashgan. Jud
a qulay joy hisoblangan bu yerda Oroldan olib kelinadigan g’alla va chorva bilan savdo
qilingan. «Firdavs ul-iqbol»da ham Avaz inoq davrida (1213/1798-99) sart jamoasi
tilga olinib, ularning boshliqlaridan bir qator arboblar sanab o’tishgan. Shunisi
e’tiborliki, Buxoro hukmdorlarining Xorazmga yurishi davrida majburan olib


22 
ketilgan aholi, asosan, ko’chmanchi o’zbek urug’laridan bo’lib, «sart» deb atalgan o’tro
q aholiga dahl qilinmagan. Xususan, «Shajarayi turk»da Ubaydullaxonning
o’g’li Abdulazizxonning Urganchga yurishi davrida shahar tub aholisi sifatida qayd
etilgan 
sartlar 
va 
aholi 
tarkibidagi 
turkmanlarga 
tegmagan 
xolda 
asosan ko’chmanchi o’zbek urug’larining katta qismi olib ketilganligi qayd etilgan. Bu
ning asosiy sababi shaharliklar va siyosiy jixatdan nisbatan bekaror bo’lgan turkmanlar
ni
ko’chirib ketish ularning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Sartlarning
asosiy mashg’uloti hunarmandchilik va savdo bo’lsada, ulardan tashkil topgan
harbiy bo’linmalar ham xonlik qo’shinida o’z o’rniga ega bo’lgan. Jumladan,
“Firdavs ul-iqbol”da keltirilishicha, Muhammad Rahimxon I ning Orolga yurishi
davrida “sart cheriki” xonning shaxsiy qo’shini tarkibida xizmat qilgan 
Jumladan,
manbada shunday ma’lumot keltiriladi: “... xon sart cherikin re’kob-e xumoyun [xon
xizmatida - N.A.] mulozamatida saqlab, o’zbek sipohiga qo’rg’onning to’rt joyini
taqsim qildi”. N. Muravyev, V. Grigoryev, G.N. Danilevskiy kabi rus elchilarining
kundaliklari hamda turli xorijiy shaxslarning “Safarnoma”larida (XIX asr)
keltirilgan yozuvlarda ham sartlar haqida «ular bu yerda qadimdan yashab kelgan o’tro
q aholining katta qismini tashkil etgan hamda «o’lkaning haqiqiy va ilk
egalaridir» degan, ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mahalliy manbalarda shahar
aholisi ma’lum bir shahar nomi bilan atalganligini ko’rish mumkin. Jumladan,
«Vazir xalqi», «Xonqah ahdi» va boshqalar deb berilgan. Xonlik aholisi etnik
tarkibi, jumladan, turli etnoslar haqidagi ma’lumotlar manbalarda asosan keltirilgan
siyosiy voqealar bayonida o’z aksini topgan. Ularda xonlik hayotida yuz bergan
siyosiy voqealarda bevosita ishtirok etgan naymam, uygur, mang’it, qo’ng’irot,
do’rmon, turkmanlarning bayot, taka, solur, chovdur, yovmut va boshqa urug’lari haqid
a ko’plab ma’lumotlar berilgan.Ma’lumotlar tahlili bu urug’larning joylashgan o’rni tabi
iy sharoit va siyosiy voqealar tasirida o’zgarib turganligini ko’rsatadi. Shu o’rinda e’tib
or berish lozimki, katta yurishlar vaqtida turkman va qoraqalpoqlarning birlashgan 
qo’shiniga extiyotkorlik yuzasidan xonning shaxsan u tomonidan tayinlangan o’zbek ur
ug’lari vakillari bosh etib tayinlangan XIX asr xonlik aholisi tarkibida o’troq va
ko’chmanchi hamda yarim ko’chmanchi o’zbek urug’laridan tashkari kushni


23 
hududlardan kirib kelgan turli millat va etnik guruhlar ham mavjud edi. Zero, keng mad
aniy va iqtisodiy aloqalar, shuningdek o’rli demografik jarayonlar qo’shni
hududlarda xorazmlik o’zbeklar guruhini tahsil etganidek, Xiva xonligi aholisining
etnik tarkibiga turli elatlarning ham qo’shilishiga sabab bo’lgan. Jumladan, Xiva
xonligi aholisi tarkibida turkman qabilalari ham salmokli o’rinni egallagan. Shuni ham 
qayd etish joizki, aholining bu etnik katlami xonlik hudududa Muqim
yashamay, doimiy kuchib yurganligi, markaziy hokimiyat va turli kushni urug’lar bilan 
bo’lgan ziddiyatlar tufayli migratsion jarayonlarga kuchli ta’sir etganligi bilan ajralib tu
rgan. Manbalarda turkmanlarning «toza qo’ng’irotlar» deb nomlangan urug’i
haqida ma’lumot keltirib o’tilgan. «Qora yulgunli» deb ham atalgan bu urug’ning kelib 
chiqishi yovmutlar qulligidan ozod etilgan cho’rilarga bog’langan. Ozod
bo’lganlarning farzandlari ko’payib, yovmutlar orasida yashab, ular singari
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelishgan. Lekin, yovmutlar ularga
past nazar bilan qarab tazyiq o’tkaza boshlaganlar. O’z muammolarini Xiva xoni
Olloqulixonga (1825-1842) yetkazgan ushbu urug’ vakillari yovmutlardan ajratib
olinib, alohida Kubatog’ atroflaridagi Qora yulgun deb nomlangan joyga
ko’chirilgan. Olloqulixon yovmutlar bilan kelishgan xolda, ularga o’zlarining
ichidan saylangan vakil, baxshi, bek va sardor tayinlagan va o’zbek urug’laridan biri
boshliq belgilab, urug’ga «toza qo’ng’irot» deb nom bergan. 
Toza 
qo’ng’irotlar 
Olloqulixon 
va 
undan 
keyingi 
davrda 
xonlik 
qo’shinida
xizmat qilishgan. XIX asrda Xiva xonligi tarkibida bo’lgan turkman qabilalari
haqidagi ma’lumotlar yirik sharqshunos olim Y. Bregel tadqiqotlarida batafsil
yoritilgan. Shunisi e’tiborliki, olimning tadqiqoti Xorazm turkmanlarining XIX
asrdagi tarixini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa-da, XVI asrda ularning xonlik
hududiga kelib joylashishi hamda keyingi XVII - XVIII asrlardagi xolati haqida ham
qisqacha tavsif berib o’tilgan

Yüklə 277,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə