Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/33
tarix13.01.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
аҳмедова мухлиса-405-г

1.3.
 
“Majolis un-nafois” asarida qo‘llangan arabcha so‘zlar qatlami 
“Majolis un-nafois” leksikasidagi arabcha TEQ ga mansub so‘zlar tashqi 
moddiy jihatdan bir bo‘g‘inli - ikki fonemali (
to
) so‘zidan besh bo‘g‘inli, o‘n 
fonemaligacha (
moxalaqalloh
) bo‘lgan so‘zlarni tashkil qiladi. Masdarlar (harakat 
nomlari), mavhum otlar, fe’llarning deyarli barcha faol va majhul (passiv) nisbatlari, joy 
va payt nomlari (MaSSaS tipidaga), shaxs otlari (SaSSaS tipidagi), fe’llardan kelib 
chiqqan sifatlar, otlarning siniq ko‘plik formalarini tashkil qiladi
3

Masdarlar: 
adalat, ada, bayt, sabab, tavsif, iltifat, istigaa ixtiyar, kiyasat, 
malahat. 
Mavhum otlar: 
azimat, marhamat, vajh, va’da, vahshat, davran, javhar, 
jur’at, zaman, izzat, shm, iman, irada, ixtiyar. 
Muayyan (konkret) otlar: kitab, maktab, muhr, naqsh, oraz, naxl, ravoq, sanduq, 
tabaq, tоvus, hujra.
 
Sifatdoshlar: mubaddal, muvakkil, munqati’, muntazir, mutahayyir, 
musallam, muqayyad, muqarrar, mug‘anniy

Shaxs otlar: 
amir, vazir, ma’shuq, mo‘min, nabi, sultan. 
Fe’ldan kelib chiqqan oddiy darajadagi sifatlar: 
mahbub, mahrum, mahram. 
Orttirma darajadagi fe’l sifatlar: 
a’zam, afzun a’za, ahval. 
Nisbiy sifatlar: 
boqi(y), ilohi(y), kayoni(y), vovi(y), asi(y). 
Ravishlar: 
аввал, batinan, zahiran, alhal, filhal.
Bog‘lovchilar: 
amma, va.
2
Каримов А. Алишер Навоийнинг "Фарҳод ва Ширин" достони тилининг лексик-семантик ва стилистик 
хусусиятлари. Филол.фан. ном. дисс. – Тошкент, 1973. 
3
Абдураҳмонов Ғ. Тарихий синтаксис//Ўзбек тили тарихий грамматикаси курси бўйича материаллар. – 
Тошкент, 1974. 


17 
Siniq ko‘plik son formalari: 
avsaf - vasf 
so‘zidan, 
avqaf – vaqf 
so‘zidan, 
atrof-taraf
so‘zidan, 
aflok – falak
so‘zidan, 
af’al – fe’l
so‘zidan, 
afg‘оn - fig‘on
so‘zidan, 
axbor - 
xabar
so‘zidan, 
ahvоl - hоl
so‘zidan, 
ehson - hasan
so‘zidan, 
e’zoz - aziz
so‘zidan. 
Ko‘plik sonning to‘g‘ri yoki to‘liq ko‘rinishlari: 
himayat, tarbiyat, sulukat, 
savalat, kayfiyat, ahvalat, mavjudat.
Joy va payt nomlari: 
mavzi’, mavsum, mazklis, maydan, manzil. 
Arab masdarlari aksariyat turkiy yodgorliklarda bo‘lgani kabi Alisher 
Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida ham o‘zlarining fe’l-otlik ma’nolarini 
saqlagan. Masalan: 
tavsif, tavof, qatl
. Ular ko‘pgina hollarda ot-fe’l tipidagi qo‘shma 
fe’llar tarkibida 
et-, qil-, ayla-
so‘zlari bilan ot vazifasida kelib, o‘timli fe’llarni 
hosil qiladi: 
taklif qil-, tasnif ayla-, tark et-
kabi. Bunday masdarlar bo‘l- fe’li bilan 
birikib, ko‘pgina qollarda murakkab o‘timsiz fe’llar yasagan: 
Mirning asli Ozarbayjondindur va mavludi Sarob otlig‘ kentdindur. Yigitliklarida 
shayx Sadriddin Ardabiliy (quddisa sirruhu)g‘a murid 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə