Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix13.01.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
аҳмедова мухлиса-405-г

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.
Ishning ilmiy xulosalaridan 
o‘rta maktab, litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga Navoiy ijodini o‘qitishda 
foydalanish mumkin. Shuningdek, oliy oquv yurti talabalariga til tarixi fani 
boyicha amaliy, seminar mashg‘ulotlar o’tishda qo‘llаnmа bo‘lishi mumkin.
Isnning ilmiy yangiligi.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari shu 
paytgacha ilmiy jamoatchilik tomonidan ko‘p martao‘rganilgan. Bizning bitiruv 
malakaviy ishimizda bu asar tilida qo‘llangan so‘zlar ko‘lami sistem-struktur 
planda birinchi bor o‘rganildi. 
Bitiruv malakaviy ishi materiali qilib, 
Alisher Navoiy asarlarining 
mukammal asarlari nashrining beshinchi tomida berilgan “Majolis un-nafois” 
asari matni olindi. 
Bitiruv malakaviy ishi metodologiyasi va tahlil usullari. 
Dialektik 
materializm ta’limotiga tayanib, biz tilning ong shakli /formasi/ sifatida 
ikkilamchi, borliqning esa birlamchi ekanligiga tayanamiz. Shunga asoslanib, 
“Majolis un-nafois” lug‘aviy boyligiga, undagi so‘zlar vositasida ifodalangan 
ma’nolarga o‘sha davr ijodkorlari hayotini to‘g‘ri aks ettiruvchi vositalar sifatida 
yondashamiz 
 
 
 



I BOB. ALISHER NAVOIYNING “MAJOLIS UN-NAFOIS” 
ASARINING LEKSIK XUSUSIYATLARI 
1.1.
 
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari so‘z boyligining 
miqdoriy ko‘rsatkichlari
Leksikani statistik jihatdan o‘rganish mashaqqatli va og‘ir ekanligi hammaga 
ma’lum. Natijalari atigi bir betda umumlashtirilishi mumkin bo‘lgan miqdoriy 
ko‘rsatgichlar izlanuvchidan yillab qilinadigan og‘ir mehnatni taqozo etadi. Biz 
ham shu mashaqqatli ish bilan shug‘ullanib, Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois” asarlari leksikasi bo‘yicha quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichlarni qo‘lga 
kiritdik: asarda hammasi bo‘lib 40 914 so‘zshakl ishlatilgan. Qo‘llangan so‘zlar 
4260 lug‘at birligi – leksemani tashkil etadi. Demak, o‘rtacha so‘z qo‘llanish 
chastotasi 12 marta ekanligi ko‘rsatadi (albatta, bu umumiy so‘zlar hisobidan). 
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida atigi bir bor ishlatilgan 
atodorliq 
xulqlik//xulqluq, 
xiraliq, 
vujudluq, 
tiyralik, 
telbalardek, 
taxayyulluq, 
tavrlig‘//tavrlik, tavrliq, tasarrufluq, taqvimdek
kabi so‘zlar bilan bir qatorda necha 
yuz martalab ishlatilgan 
emoq
to‘liqsiz fe’li, 
bo‘lmoq, qilmoq, etmoq
kabi 
yordamchi fe’llar, shaxs va ko‘rsatish olmoshlari
, amakizoda, anjumsipoh, 
arzadosht, badmaosh, beadabona, beadadona, farog‘atdo‘st, faylasufvash, 
g‘arobatjo‘y 
kabi fors-tojikcha so‘zlar ham qo‘llangan. 
Bu 4260 leksema tarixiy-etimologik jihatdan quyidagicha taqsimlangan: 
1. Turkiy so‘zlar – 926 ta (umumiy leksikaning 21,7 foizini tashkil etadi). 
2.
Arabcha so‘zlar - 1661 ta (39 foiz). 
3.
Fors-tojikcha so‘zlar - 781 (15,6 foiz). 
4.
Aralash holdaga so‘zlar - 538 ta ( 12,6 foiz):
a) arabiy - turkiy so‘zlar - 79 ta (1,9 foiz). 
b) forsiy - turkiy so‘zlar - 49 ta (1,1 foiz);
v) arabiy - forsiy - turkiy so‘zlar - 214 ta (2 foiz);
g) arabiy - forsiy (kelib chiqishi jihatidan arabcha, ammo fors-tojikcha 
yasovchi qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan so‘zlar) - 236 ta (2,9 foiz). 



Demak, ma’lum bo‘ladiki, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” 
leksikadagi turkiy so‘zlar (21,7 foiz, aralash holdagi so‘zlarni hisobga olmaganda) 
ning miqdori arabcha va fors-tojikcha so‘zlarning adadidan (64 foiz) ancha past. 
Qo‘llangan 4260 leksemaning 2996 tasi (70,3 foiz) hozirgi o‘zbek adabiy tilida va 
shevalarda uchraydi, qolgan 1264 ta so‘z hozirga o‘zbek kitobxoni uchun eskirgan 
bo‘lib, umumiy leksemalarning 29,7 foizini tashkil qiladi.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”dagi mavjud leksemalarni “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati” ga nisbatan olib qarasak, 1755 leksema (41,2 foiz) lug‘at 
fondidan o‘rin olganligi, 2505 leksema (58,8 foiz) mazkur lug‘atda uchramasligini 
ko‘ramiz. Shundan: 
a) eskirgan so‘zlar - 1264 ta (29,7 foiz); 
b) nomlar - 892 ta (20,9 foiz). 
Bundan tashqari, bu yodnomalarda quyidagi 52 ta dubletlar (fonetik farqli 
so‘zlar) mavjud: 
adil // adl , asil//asl, ato//ota, avvalgi//avvalg‘i, ayog‘//ayoq, 
chog‘lik//chog‘liq, diljo‘ylug‘//diljo‘yluq, doyim//doim, ekan//ekon, erkan//erkin, 
gado//gadoy, iki//ikki, inilik//iniliq, jome//jome’, jumla//jumlat, ko‘ngil//ko‘ngul, 
madadkorlig‘//madadkorliq, 
misra//misra’, 
mo‘//mo, 
mushkil//mushkul, 
musohiblig‘/musohibliq, 
mutaallaq//mutaalliq, 
naqqoshlik//naqqoshliq, 
nogah//nogoh, 
nomurodlig‘//nomurodliq, 
o‘g‘il//o‘g‘ul, 
o‘ttiz//o‘ttuz, 
odamiylik//odamiyliq, 
ortug‘//ortuq, 
qarong‘u//qaronqu, 
qasoid//qasoyid, 
qattig‘//qattiq, 
qullug‘//qulluq, 
qullug‘//qulluq, 
sho‘xlik//sho‘xluq, 
shoirlik//shoirliq, tab’lik//tab’liq, taollo//taolo, tatabbu//tatabbu’, tavrlig‘//tavrlik, 
tegra//tegru, 
tib//tibb, 
vayron//vayrona, 
vojib//vojub, 
xirman//xirmon, 
xubliq//xublug‘, 
xulqlik//xulqluq, 
yigirma//yigirmi, 
yomonlik//yomonluq, 
yorlig‘//yorliq, yorug‘lik//yorug‘lug‘, zamon//zamona, zaxim//zaxm mavjud bo‘lib,
ularning 18 tasi turkiy, 28 tasi arabiy, va 5 tasi forsiy tarixiy-etimologak qatlam 
(TEQ)ga oid so‘zlardir. Yodgorliklarda qo‘llangan atoqli otlarning 732 tasi kishi 
nomlarini (antroponimlarni): shundan 287 tasi shaxs nomlari, 445 tasi shoirlar 
nomi, 102 tasi joy nomlarini (toponimlarni), 58 tasi asar nomlarini tashkil qiladi. 



Biz o‘z ishimizda bu haqda to‘xtalib o‘tirmadik, chunki bu xususda qator 
ilmiyishlarda yetarlicha ma’lumot berilgan.
Bu ma’lumotlarni quyidagi jadvalda umumlashtirilishi mumkin: (1-jadval). 
Endi miqdoriy ko‘rsatkichlarini 1-jadvalda keltirshgan lug‘aviy guruhlarning 
tahlili ustida to‘xtalamiz.
Tarixiy etimologik qatlamlar o‘zbek va turkshunoslik leksikografiya va 
leksikologiyasida ancha mufassal o‘rganilgan.
X-XIX asr adabiy tili uchun asosan uch tarixiy qatlam xosdir: 
1) turkiy qatlam;
2) arabiy qatlam;
3) forsiy qatlam. 
Shubhasizki, bu qatlamlar ichida juda qadimgi davrlardan boshlab xalqimiz tilida 
qo‘llanib kelinayotgan xitoycha, so‘g‘dcha, yunoncha, mo‘g‘ulcha, hindcha kabi tarixi 
tamoman boshqa tillarga borib taqaladigan so‘zlar ham bor. Lekin bunday so‘zlarni 
alohida guruhlarga ajratish ham munozarali, ham fan uchun ahamiyati kamdir. Chunki 
o‘zbek xalqi hech qachon yunonlar bilan bevosita aloqada bo‘lmagan va ulardan so‘z 
qabul qilib, ularga so‘z bermagan. Bunday so‘zlar tilimizga arablar tomonidan o‘tgan, 
shuning uchun ularni arabiy so‘zlar sifatida baholash lozim. Shu bois ham biz Alisher 
Navoiy asarlari lug‘at boyligini uch asosiy qatlamga ajratdik: 
Turkiy so‘zlar 584 ta (13,7 foiz). 
Arabiy so‘zlar 1661 ta (39 foiz). 
Forsiy so‘zlar 545 ta (12,8 foiz). 
Shuningdek, aralash so‘zlar ham mavjud bo‘lib,ular 578 ta (13,6 foiz)ni tashkil 
etadi. 
Q
a
tl
a
m
s
o‘
z
la
ri

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə