Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix13.01.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
аҳмедова мухлиса-405-г

ISHNING UMUMIY TAVSIFI 
Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy 
ta’lim muassalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or 
xorijiy tajribalarni joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni 
tayyorlash
1
masalasi bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib kelmoqda. Yosh 
avlodni buyuk ajdodlarimiz nomiga munosib qilib tarbiyalash ta’lim va tarbiya 
uzviyligining asosidir. Alisher Navoiy ijodining har tomonlama tadqiq etilishi, 
buyuk ajdodimizning ilmiy va badiiy merosini o‘rganish esa milliy o‘zligimizni 
anglashimizga xizmat qiladi. 
Alisher Navoiy ijodi shunday ummonki, uni lisoniy jihatdan o‘rganish 
tadqiqotchidan juda ko‘p narsalarni bilishni talab qiladi. O‘zbek tilining bugungi 
taraqqiyot yo‘lini Navoiy asarlari tilisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tilimizning 
bugungi kamolotini belgilash uchun uning barcha taraqqiyot davrlari kabi XV-XVI 
asrlar, xususan, eski o‘zbek tilning yorqin namunalaridan biri bo‘lgan Alisher 
Navoiyning “Majolis un-nafois” asarining o‘rni beqiyosdir.
Mavzuning dolzarbligi. 
Alisher Navoiyning ijodi va uning til xususiyatlari 
qariyb uch asrdan buyon dunyo turkiyshunoslari tomonidan juda chuqur va 
atroflicha o‘rganilgan. Shu tadqiqotlarga suyangan holda biz asarning leksik 
jihatini talqin qilishga va uning nisbatini hozirgi o‘zbek tili me’yorlariga 
solishtirishga intildik. Bu intilish tilshunosligimiz uchun bir qadar lisoniy 
xulosalarni keltirib chiqarish imkoniyatlarini yaratdi. 
Shuning uchun ham “Majolis un-nafois” leksikasini shu davrda yaratilgan 
asarlar lug‘aviy boyligi bilan qiyoslab o‘rganilganda, tadqiqotchiga qimmatli 
ma’lumotlar beradi. 
Ikkinchidan, “Majolis un-nafois” asarida qo‘llangan so‘zlarning TEQ (tarixiy 
etimologik qatlam)larga munosabati bir xil emas. Turkiy so‘zlarning adadi son 
jihatidan eng kam bo‘lsa-da (584 so‘z yoki 13,7 foiz), o‘zlashma so‘zlar orasida 
dominantalik vazifasini o‘tagan va matn yaxlitligini ta’minlagan. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi 
Qarori (“Xalq so‘zi” 2017-yil, 21-aprel)



Uchinchidan, “Majolis un-nafois” leksikasini sistem leksikologik nuqtai 
nazardan tahlil etish XV asr yozma yodgorliklari lug‘aviy boyligiga umumiy, 
haqqoniy baho berilishiga imkon beradi. Chunki “Majolis un-nafois”dagi 
mavzuviy va so‘zlarning lug‘aviy ma’no guruhlari, sinonimik qatorlar orasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik va farqlar faqatgina sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil 
qilingandagina oydinlashadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə