Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/33
tarix13.01.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
аҳмедова мухлиса-405-г

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. 
Bitiruv malakaviy 
ishimizning asosiy maqsadi "Majolis un-nafois" leksikasini sistema sifatida 
o‘rganishdir. Bunda ayrim leksik birliklarning paradigmatik va sintagmatik 
munosabatlarini aniqlash, nutqiy va lisoniy ma’nolarning ro‘yobga chiqishini 
o‘zaro bog‘liq hodisa sifatida tahlil etishdir. Shuningdek, “Majolis un-nafois” so‘z 
boyligini tarixiy etimologik qatlamlarga ajratib, har bir leksik mikrosistemaning 
a’zolarini etimologik jihatdan u yoki bu tillar leksikasiga mansubligini aniqlash, 
shunda hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi taraqqiyot bosqichlarini belgilashdir. 
Ushbu ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal 
qilish lozim: 

“Majolis un-nafois” lug‘aviy boyligini o‘zaro bog‘liq va barqaror leksik 
mikrosistemalarga bo‘lib, bir butun sistema holida o‘rganish; 

leksik birliklarning til va nutq dixatomiyasida tutgan o‘rnini aniqlash; 

asardagi so‘zlarni tarixiy-etimologik qatlamlarga ajratish va shu asosda 
turkiy va o‘zlashgan so‘zlarning ma’no taraqqiyotini belgilash; 

“Majolis un-nafois”dagi leksik birliklarni qadimgi turkiy til, Muhammad 
Solih asarlari tili va hozirgi o‘zbek tili faktlari bilan chog‘ishtirish va shu asosda 
asar lug‘aviy boyligining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; 

Alisher Navoiyning so‘z ustaligi, so‘z stilistik imkoniyatlaridan qay 
darajada foydalanish mahoratini belgilash; 

“Majolis un-nafois” leksik birliklarini so‘zlarning lug‘aviy-mavzuviy 
guruhlariga ajratish; 

asar leksikasini sanash /statistik/ da o‘rganish. “Majolis un-nafois”da 
qo‘llanilgan leksemalar, so‘z shakllari miqdorni aniqlash. 



Bitiruv malakaviy ishining yangiligi shundaki, ishda o‘zbek tilshunosligida 
“Majolis un-nafois” leksikasi sistem-struktur tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil 
etilib, leksik birliklarni serqirra hodisa sifatida o‘rganish va ularning ma’no 
taraqqiyoti ochib berishdan iborat. Shunga muvofiq leksemalarni tarixiy - 
etimologik qatlamlarga ajratish orqali turkiy va o‘zlashgan so‘zlarning miqdori va 
ma’no taraqqiyoti belgilandi. 
“Majolis un-nafois” lug‘aviy boyligi bitiruv malakaviy ishida shu davrda 
yaratilgan boshqa asarlar leksikasi bilan qiyoslab o‘rganildi va shu asosda XV 
asrdagi eski o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish 
qonuniyatlari aniqlandi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə