Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Dars turi:yangi bilim beruvchi dars. Dars metodi



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə272/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Dars turi:yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, savol- javob,”Sherigini top?”, “Bilimimni sinayman” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan vazifani o‘quvchilardan aniqlaydi, tekshirib chiqadi.
Husnixat mashqi o‘tkaziladi.

H usnixat daqiqasi:
Minglab ishchi ishlaydi,
Tabiatni buzmaydi. ( Asalari)

I
IPT
II.Yangi mavzu bayoni.

Bilimimni sinayman” mashqi:
O‘qituvchi o‘quvchilarga ish, gul so‘zlariga so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z hosil qilish topshirig‘i beriladi, vaqt belgilanadi. O‘quvchilar
tuzgan so‘zlarini o‘qib berishadi. Kim ko‘p so‘z topsa, shu o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
Namuna: ishli, ishla, ishsiz…
Demak, aziz o‘quvchilar biz so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida ot, sifat, fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lgan so‘zlarni hosil qilish mumkin ekanligini yuqorida keltirilgan misollar orqali ko‘rib chiqdik. Yani,
Ish — ishla, qo‘l — qo‘lla, qars qarsilladi. Asosdosh so‘zlarni bir-biri bilan solishtiraylik.

  • Ish deganda nimani tushunasiz? (nima so‘rog`iga javob bo‘lgan biron yumush)

  • Ishla deganda nimani tushunasiz? (biron bir vazifani bajarish, harakatni bildiradi)

  • Qo‘l deganda nimani tushunasiz? (Inson tana a’zosini tushunamiz.)

  • Qo‘lla deganda-chi? (biron bir ishda , kishiga madad bo`lish degan ma'noni tushunamiz.)

  • Qars deganda nimani tushunish mumkin? (Biror narsaning ovozi ma’nosini tushunish mumkin.)

  • Qarsilla deganda-chi? (biron bir narsaning harakatga kelishi oqibatida ovoz chiqarishini tushunamiz)

  • Ish — ishla so‘zining asosi. (Ish.)

  • Qo‘l — qo‘lla so‘ziningasosi(Qo‘l.)

qars qarsilladi so‘zining asosi qaysi? (Qars.)la,-illa, -ulla yasovchi qo‘shimchalari qo‘shilib yangi so‘z hosil qilinayapti. Bu so‘zlar esa fe’l so‘z turkumiga oiddir.
Demak, bu qo‘shimchalar fe’l hosil qilgani uchun fe’l yasovchi qo‘shimchalar deyiladi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə