Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010


aytganda om ad nima ekanini o'rgatgan edi. Shuning uchun u jayrani



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
jek london oq soyloq qissa

aytganda om ad nima ekanini o'rgatgan edi. Shuning uchun u jayrani
qoralab pusib boraverdi. Bu to'qnashuv nim a bilan tugaydi, oldindan
bir nim a deyish qiyin, tirik mavjudotlar orasidagi olishuv nihoyasini
bashorat qilib, oldindan aytib berib bo'lm aydi.
Jayra uzun-uzun, o ‘tkir ignalarini tikkaytirib g‘ujanak bo'lib oldi.
Bunday vaziyatda hamla qilish befoyda. Bir necha yillar muqaddam
xuddi mana shunday jon siz tuyulgan ignalar to ‘pini tum shug‘i bilan
turtaman deganda jayra to'satdan dumi bilan Birko'zning tumshug'iga
qarsillatib solgan edi. Tum shug'ining uchiga bir dona igna sanchilib qolib
toza azob bergan va bir hafta deganda tushib ketgan edi. U hamlaga
chog'lanib jayraning dumidan yarim metrcha narida yerga yotib olib
qimir etmay kuta boshladi. Kim biladi? Har ne sodir b o iis h i mumkin.
Ehtim ol, jayra jussasini rostlab qolar, ehtim ol, uning yum shoq qorni
ochilib noxosdan panja urib yorib tashlash imkoni tug'ilar.
A m m o yarim soat kutib, toqati toq bo'lgan Birko'z o'rnidan turdi-
da, yana qimir etm agan bir t o ‘p ignaga g'azab bilan irillab j o ‘nadi.
Ugarilari mana shu alpozda besamar bo'lsa ham poylab yotaverardi.
H ozir uzoq kutib yotishning mavridi em as. Birko'z daryoning o'ng
qirg'og'i yoqalab yo'lga tushdi. Vaqt o'tib borar, u esa ham on hech
narsa ovlayolm adi.
Q on id ajo'sh ura boshlagan mehr bo'rini yurishga, izlashga undardi.
U qanday bo'lm asin biron nima topishi shart va bunga majbur ekanini
sezardi. Q iyom payti tustovuq uchradi. U butalar orasidan yugurib
chiqqanini biladi, qarasa, uzog'i bilan bir fut narida, to'nkada shu
laqma parranda o'tiribdi. Bir-birini baravar ko'rib qolishdi. Tustovuq
jon holatda qanotlarini yoyib, uchishga ch og'land i, am m o bo'ri panjasi

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə