O‘qitish va ta’lim olish sharoitlarini o‘rganish xalqaro tadqiqoti



Yüklə 13,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü13,59 Mb.
#146005
1   2   3   4   5   6   7   8
TALIS 2018 survey brochure ENG UZB 4

TALIS tadqiqotida ishtirok
TALIS tadqiqoti


Ta

lim berish siyosatning kun tartibiga ko

tariladi
Samarali o‘qitish, salohiyatli o‘qituvchilar, shuningdek maktabda
gi
 kuchli 
boshqaruv tizimi
, yuqori darajadagi 
muvaffaqiyatli o‘quvchilarni yetishtirishning kalitidir. Mamlakatlar quyidagi kabi savollarga javob izlaydilar:

Bugungi kunda maktab o‘qituvchilari turli qiyinchiliklarga dosh berishga qanchalik tayyor?

Baholash va o‘zaro fikr-mulohaza almashish tizimlari 
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini 
qanday qilib
samarali qo‘llab-quvvatlashi mumkin?

Maktab va o‘quvchilarning yutuqlarini takomillashtirish maqsadida maktab
ning boshqaruv tizimini
qanday 
kuchaytirish mumkin?

Siyosatchilar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga sarflangan 
sarmoyalar o‘qituvchilar faoliyatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga qanday ishonch hosil qilishlari mumkin
?
TALIS tadqiqotida nimaga e

tibor qaratiladi?
2008-yildagi TALIS tadqiqotining birinchi davriyligi o‘rta ta’limdagi o‘qituvchilarga qaratilgan bo‘lib, u 
to‘rtta qit’a bo‘ylab 24 ta mamlakatda o‘tkazilgan.
2013-yildagi TALIS tadqiqotining ikkinchi davriyligi yanada kengroq qamrovga ega bo‘lib, u 3
4
ta ishtirokchi 
mamlakat yoki iqtisodiyotni o‘z ichiga oldi. Alohidalik yoki jamoa yetakchiligi, o‘qituvchilarning boshlang‘ich 
malakasi va o‘quvchilarni baholash amaliyoti bo‘yicha yangi ko‘rsatkichlar kiritildi. TALIS 2013 tadqiqotida, 
shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarga boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish 
imkoniyatini berdi. Bundan tashqari, mamlakatlar PISA 2012 tadqiqotida qatnashgan maktablarda TALIS 2013 
tadqiqotini o‘tkazish imkoniyatiga ega edilar.
TALIS tadqiqoti



OECD
mamlakatlarida o‘qituvchilar boshlang‘ich bosqichda yiliga o‘rtacha 1044 soat, boshlang‘ich bosqichda 
784
soat,
umumiy o‘rta bosqichda 703 soat va yuqori sinflarda 657 soat dars berishadi. 
OECD
mamlakatlarining 
yarmidan
ko‘pida o‘qituvchilar ta’limining har bir bosqichida darsdan tashqari ishi jamoaviy bitim va 
shartnomalar kabi rasmiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu hujjatlarda o‘qituvchi maktabda bo‘lishi kerak 
bo‘lgan sinf va darsdan tashqari
soatlarning soni yoki ishning barcha turlarini bajarish uchun umumiy soatlar 
ko‘rsatilgan.

Masalan, Shvetsiyada o‘qituvchining bir o‘quv yili uchun umumiy ish vaqti jamoa shartnomasida tasdiqlanadi va
maktab rahbari bu vaqtni haftaga taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shu jumladan o‘qituvchining sinf va
darsdan tashqari ishlari uchun sarflagan vaqtlarni ham inobatga oladi. Italiyada esa o‘qituvchi yiliga 80 soatgacha
hamkasblari bilan darsdan tashqari ishlarga vaqt ajratishi lozim, shundan 40 soatini pedagogik kengash va ota -
onalar bilan uchrashuvlarga, qolgan 40 soatini esa o‘quvchilar bilan uchrashuvlarga ajratish kerak bo‘ladi.

Finlandiyada o‘qituvchilarning ish haftasi davomiyligi eng qisqa vaqtlardan biri – haftasiga 33 soat (OECD,
2019[4]). Boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilari o‘qishga har yili OECD o‘rtacha ko‘rsatkichidan 100 soat
kamroq sarflaydi. Boshqa barcha vazifalar uchun (darsdan oldingi va keyingi ishlar, maktabni rivojlantirish,
hamkasblar va ota-onalar bilan jamoaviy ishlash) jamoa shartnomasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
haftasiga uch soatlik ish va o‘rta maktab o‘qituvchilari uchun ikki haftada uch soat belgilangan.
TALIS tadqiqoti

Yüklə 13,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə