O‘qitish va ta’lim olish sharoitlarini o‘rganish xalqaro tadqiqoti


I qtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti



Yüklə 13,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü13,59 Mb.
#146005
1   2   3   4   5   6   7   8
TALIS 2018 survey brochure ENG UZB 4

I
qtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 
(OECD)
 
mamlakatlarida
 
o

qituvchilarning ish vaqtini tartibga solish


O‘qituvchilarning deyarli uchdan bir qismi 
o‘qituvchilik 
kasbi o‘z mamlakatida kasb sifatida qadrlanadi deb 
hisoblasada, maktab qarorlariga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan o‘qituvchilar, 
jamiyatda o‘qitish qadrli ekanligi haqida ko‘proq ma’lumot beradilar (TALIS 2013 tadqiqoti).
O‘qituvchilar individual va hamkorlikdagi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan kasbiy rivojlanish tadbirlarida 
qatnashishlari, boshqa maktablarga tashrif buyurishlari yoki o‘qituvchilarining internet tarmoqlari orqali 
kuzatishlari, hamda boshqa yondashuvlar haqida xabar beradilar, masalan, bunga kichik guruhlarni o‘z 
ichiga olgan amaliyotlar, o‘quvchilar bajarishi uchun bir haftadan ko‘proq vaqt talab qilinadigan loyihalar va 
qo‘shimcha ma’lumotlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni kiritish mumkin
(TALIS 2013 tadqiqoti).
O‘qituvchilar baholash va o‘zaro fikr-mulohazalar almashish sinfdagi o‘qitishga ta’sir qilishi borasida 
qanchalik ko‘p ma’lumot bersalar, ularning shaxsiy samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday 
holat o‘z ishidan qoniqishda ham o‘z aksini topadi (TALIS 2013 tadqiqoti).
TALIS tadqiqoti
Buni bilarmidingiz?


E

tibor markazlari
TALIS 2018 tadqiqoti TALIS 2013 tadqiqotining muvaffaqiyatiga asoslanadi, unda maktab rahbariyati
o‘qituvchilarning professional muhiti, o‘qitish sharoitlari, maktab va o‘qituvchilarning samaradorligiga katta 
e’tibor qaratiladi.
TALIS 2018 tadqiqotining o‘ziga xos mazmuni ishtirokchi davlatlar tomonidan yangi ko‘rsatkichlarni kiritish 
imkoniyati bilan ustuvor reyting mashg‘ulotlari orqali belgilanadi. TALIS 2018 tadqiqoti TALIS 2013 tadqiqoti 
bilan bir xil tarkibga ega bo‘lib, quyidagi sohalarda tadqiqot olib boradi:

o‘qituvchilarning ta’lim amaliyoti sifati va o‘qitishga bo‘lgan ishonchlari;

Ta’lim muhiti: o‘qituvchilar va maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari;

maktabdagi 
boshqaruv tizimining ahamiyati;

o‘qituvchilarning kasbiy amaliyotlari va sinf muhitini o‘rganish;

o‘qituvchi va boshlang‘ich ta’limning o‘zaro muvofiqligi;

kasbiy rivojlanish, baholash va o‘zaro fikr-mulohaza almashish 
orqali o‘qitishni takomillashtirish;

maktab va ta’lim muhiti hamda tizim vakillari o‘rtasidagi aloqalarning o‘zaro muvofiqligi;

o‘qituvchining shaxsiy samaradorligi va o‘z ishidan qoniqishi hamda ularning ahamiyati;

sinfda o‘qituvchilarning yangiliklarga ochiqligi;

sinfdagi o‘zaro tenglik va xilma-xillik bilan bog‘liq muammolar.
TALIS tadqiqoti

Yüklə 13,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə