O’quv ishlari prorektori 2021y prof. S. Soleev


-MAVZU: UMUMIY VA YURIDIK PSIXOLOGIYANING PREDMETI, TIZIMI VA USLUBLARI



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə24/156
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133268
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
Yuridik psixologiya-fayllar.org

1-MAVZU: UMUMIY VA YURIDIK PSIXOLOGIYANING PREDMETI, TIZIMI VA USLUBLARI.
REJA:
1.Yuridik psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tizimi
2.Yuridik psixologiya ilmiy pedagogik fan sifatida
3.Yuridik psixologiya fanining tarixiy rivojlanishi
4.Yuridik psixologiyaning vazifalari va tizimi
5.Yuridik psixologiyaning metodologik asoslari
6.Yuridik psixologiyaning nazariy bilish usullari tizimi
7.Yuridik faoliyatda shaxsni o’rganishning psixologik usullari.
XX asr va uning erishilgan yutug’lari asosida va XXI asrning boshlanishida juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshayapti. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog’ladi. Bunda inson va uning mukammaligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammolarini ilgari surilgan.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda.
Jamiyat rivojlanishining xozirgi bosqichida, fanlar tizimida psixologiya fani muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə