1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu



1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi
 
Reja:
1.
Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. 
 
2.
Psixologiyaning asosiy muammolari. 
 
3.
Psixologiya fanining tarixi. 
 
4.
Psixologik bilimlarning rivojlanish bosіshchlari. 
 
5.
Psixologiya fanining yirik ilmiy yunalishlari va maktablari О‘zbekistonda 
psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
 
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 
160 yil bo’ldi. Shu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga 
olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning 
jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmadi. Sababi, psixologiya 
sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’proq diqqatlarini mavhum shaxs va 
individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat 
taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o’tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, 
o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. 
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, 
har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, roy 
berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish 
muammosini ilgari surdi. 
Psixologiyaning predmeti. 
«Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan — 
«psyche» — 
jon, ruh va «
logos
» — ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy 
ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning 
predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har 
birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan 
jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya 
boyicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə