1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari


Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning 
jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb 
ta’riflash mumkin.
Psixologiya konkret fan sifatida psixik faoliyat qonuniyatlarini, 
uning roy berishi mexanizmlari va omillarini o’rganuvchi fandir. 
 
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga 
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya 
va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan 
ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, 
psixologiya 
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari 
tashkil qiladi. 
Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar 
murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni 
o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish 
mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan 
qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir-
birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va printsiplarga boysunadi. Psixik 
jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks 
ettirilgan. 
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o’ziga xos 
usullari mavjud. Aks ettirish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari 
xosdir. Masalan, ko’zguning aks ettirishi, suvdagi ta'sir va boshqalar. Jonli materiya 
uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo’lib, ong va o’zini-
o’zi anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
1) 
ob'ektiv borliqni to’g’ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 
2) 
shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 
3) 
doimo rivojlanib va takomillashib boradi. 
4) 
Shaxsning individualligi orqali namoyon bo’ladi. 
Psixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. 
O‘quv predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, 
talabalarning umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy 
olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi 
mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari 
va imtihonlar ko‘zda tutilgan. 


Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, 
xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim 
va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot 
amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning 
fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va 
h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar 
talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va
boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga 
o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini 
dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi. 
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari 
o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan 
sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan 
hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki 
olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib 
ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini 
tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata 
burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan 
taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning 
o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani 
anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida 
kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni 
o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa 
bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni 
o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Shuning uchun, psixologiya – 
insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan. 
Biz har qanday fanni ikki katta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Positiv 
Fanlar va Normativ Fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga 
qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi fanlar tabiy fanlar kategoriyasiga kiradi.
Normativ fanlarni positive fanlar bilan taqqoslasak, positive fanlar faktlarni 
o’rganadi, “nima?”ligini tasvirlaydi va “nima bo’lishi kerak” degan savollarga javob 
beradi. 
Psixologiya hech qanday shubhasiz Positive fanlar guruhiga kirib ketadi.
1

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə