1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

refleks 
(
lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi 
javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda 
bilish vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga 
imkon yaratildi. 
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-
1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning 
qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning 
negizida – epifenomalizm (yunoncha eri - o‘ta, rhainominon – g‘ayritabiiy hodisa) 
vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy 
beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi. 
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega 
materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U 
determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, 
jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan 
belgilanligi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi. 
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716) ning ta’limoti 
matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan 
edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral 
tarzda namoyon bo‘ladi. Leybnits tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga 
tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va 
xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnits 
psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning 
onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib 
kirdi. 
XVII asrda emperizm va sensualizmni tajriba va his etiladigan bilimning 
«sof» aql-idrokdan afzalligi haqidagi ta’limotning, ya’ni aqlda hech qanday tug‘ma 
g‘oyalar va tamoyillar bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi ta’limotning oldingi 
marraga ko‘tarilishiga olib keldi. Bu ta’limotni ingliz faylasufi va pedagogi Jon 
Lokk (1632-1704) astoydil himoya qilib chiqqan edi. Uni empirik psixologiyaning 
asoschisi deb, hisoblash qabul qilingan. Barcha bilimlarning tajribadan kelib 
chiqishi haqidagi ta’limoti psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Chunki u ruhiy hayotning aniq faktlari oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga 
o‘tish yo‘llari puxta o‘rganilishini taqazo etadi. J. Lokkning fikricha, tajribaning 
ikkita manbai mavjud bo‘lib, biri tashqi sezgi a’zolarining faoliyati (tashqi tajriba) 
va ikkinchisi o‘zining xususiy miyani idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki 


tajriba) dir. Kishi hech qanday g‘oyalarga ega bo‘lmagan holda dunyoga keladi. 
Uning ruhi – «toza taxta» bo‘lib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba 
oddiy va murakkab g‘oyalardan tarkib topadi. Bu g‘oyalar yo sezgilardan, yo ichki 
idrok (refleksiya) lardan hosil bo‘ladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas, 
balki o‘z xususiy mahsuliga yo‘naltirilib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi. J.Lokkning 
refleksiya ta’limoti kishi psixologik faktlarni interospektiv tarzda bilib oladi degan 
taxminga asoslangan edi. Bu bilan yana dualizm ta’limoti ilgari suriladi. Ong va 
tashqi olamni prinsipial jihatdan turlicha usullar yordamida bilish mumkinligi 
jihatidan ham ular bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilar edi. 
J.Lokkning tashqi va ichki tajriba to‘g‘risidagi ta’limoti ikki xil xarakterga 
ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta’limotlarning taraqqiyotiga turtki 
bo‘ldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh bo‘lgan fransuz, A.N.Radishchev 
(1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos 
qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan o‘zaro 
munosabati yotadi degan edilar. 
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi 
(Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi 
ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi Charlz Bell va fransuz Fransua Majandi 
tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi. Uning 
negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi. 
Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf 
qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1892-
1905) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining 
fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari 
tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi.
«Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Goklenius 
tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta 
ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-
psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) 
ni yaratdi. 

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə