1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari


О‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

 3.О‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan 
bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda,
xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida 
shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida 
o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III 
asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi 
Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin 
tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar 
sistemasi umuman bo‘lmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda 
o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga 
bag‘ishlangan. Chunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning 
oxiri 80- yillarning boshida I. Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy 
munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini 
ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa 
aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari
oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi 
zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy
munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. 
G‘.B.Shoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada 
bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar 
9
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 19p 


o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat 
xususiyatlarining o‘rni belgilandi. 
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim 
tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila 
munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos 
bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va 
ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda 
ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek 
oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, 
(birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, 
uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va 
hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli 
oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-
yo‘riqdir. 
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator 
tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy 
tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti 
(1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) 
xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti 
(1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning 
xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi 
tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti
M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti 
sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik 
konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z 
hissasini qo‘shadi.
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar 
quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov 
va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib 
chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. 
R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
G‘.B.Shoumarov, 
R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan 
olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur 
sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor 
bermoqdalar.

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə