1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari


 Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

2. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari
Psixologiya tushunchasining rivojlanish tarixi: 
1 bosqich: Psixologiya – ruhni o’rganadigan fan (mill.avv.6 asr-16milodiy). 
Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib 
berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga 
ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. 
Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel 
barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek 
o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan.
 
3
Umum psixologik yondashuv 
Biologik ta’sir:
1)Tabiiy tanlov,
2)Genetik moyillik 
3)Atrof-muhit ta’siri,
4)Miya faoliyati, 
Psixologik ta’sir: 
1)Kutish va qo’rquv chaqirish 
jarayoni, 
2)Emotsional reaksiyalar, 
3)Kognitiv jarayonlar. 
2
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p 
3
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan (p14-39 ) 


5)Garmonal ta’sir. 
,
Fe’l- atvor yoki psixologik jarayon: 
Ijtimoiy-madaniy ta’sir: 

Borliqning mavjudligi 

Madaniy,ijtimoiy,oilaviy hayot 

Tengdoshlar va guruhdagi odamlar tomonidan ta’sir 

Ishonchli modellar(masalan SMI) 
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi 
haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson 
tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, 
ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga 
intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali 
emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar 
ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur 
etardilar. 
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk 
davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa 
odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar 
«animizm» deb ataladi. Animizm so‘zi –anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon 
o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan,
yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan. 
Platonning «ideyalar tug‘ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr 
taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shdi. Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati 
abadiy va o‘zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo‘lib, 
ularni odam ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi. 
Platon psixologiyada «dualizm» oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm 
so‘zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm 
ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. 


Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-
322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning «Jon 
haqida» asari o‘sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela 
boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida 
maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o‘z mazmunini batamom 
o‘zgartirgan. 
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonli tananing 
ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko‘ra, jon qismlarga bo‘linmaydi, lekin u 
faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi 
turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o‘simlik 
uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to‘rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. 
O‘simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta’limoti bilan Arastu oliy 
qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo‘lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini 
joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o‘zining xususiy 
faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda 
shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyani ilgari surdi. 
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g‘oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi.
Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining 
roli katta bo‘lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabilar o‘zlarining inson psixikasi va yosh 
avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. 
Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar,
ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa 
qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan biridir. 
Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali 
ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi 
fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z qimmatini 
yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik usullarni 
qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir.
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko‘rinishlariga emas, 
faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo‘llana boshlandi. Psixika 
kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga 
keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati 
tug‘ildi. Masalan, Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot 
yutuqlarini 
umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g‘oyalari «ong» tushunchasi 
talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi. 


XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo‘lib 
hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning
reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi 
mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan 
boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə