1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

psixikadir
, deb ta’rif 
berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki 
ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni 
ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks 
ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson 
psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar 
murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. 
Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda roy berayotgan 
obyektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki 
hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali 
foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar 
bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z 
o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning 
murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini 
bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan 


jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda roy berayotgan narsalarning 
mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo 
bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti — 
xarakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his 
qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz 
bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan 
shunga o’xshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga 
xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq 
qiladi. 

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə