1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari


Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

 Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy 
fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan. 
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, 
Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, 
davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi. 
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. 
Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 
1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik 
laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos 


ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib 
hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida 
sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. 
Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda 
(Vyursburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi. 
XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus 
bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot 
psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab 
maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar 
ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, 
inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan 
edi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, 
shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya 
tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana 
boshladi. 
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan 
holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. 

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə