1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi Reja: Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari


Psixologiyaning vazifalari asosan, quyidagilardan iborat



Yüklə 312,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.10.2023
ölçüsü312,61 Kb.
#129534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Psixologiyaning vazifalari asosan, quyidagilardan iborat: 
- psixik hodisalarning mohiyatini va ularning qonuniyatlarini anglashni 
o‘rganish; 
- ularni boshqarishni o‘rganish; 
- olingan bilimlardan shakllangan fanlar va sohalar bilan bir qatorda turgan 
amaliyotning boshqa sohalari samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish; 
1
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p 


- amaliy xizmatning nazariy asosi bo‘lib xizmat qilish. 
Ko‘rsatilgan umumiy vazifalardan tashqari hozirda psixologiya quyidagi 
xususiy vazifalar bilan ham shug‘ullanmoqda: psixikaning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi; psixik faoliyatning neyrofiziologik asoslari; tashqining ichkiga o‘tish 
qonuniyatlari; inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy omillarga bog‘liqligi; olam psixik 
obrazlarining shakllanishi va va ularni tashqi, amaliy faoliyatga tadbiq etish 
qonuniyatlari; inson psixikasining boshqariluvida biologik va ijtimoiy omillarning 
birligi; inson psixikasi tuzilishi; bilish,irodaviy va hissiy jarayonlarning aks ta’sir-
boshqariluvchi mohiyati, insonning ijtimoiy muhitdagi individual-psixologik hulq-
atvori; inson faoliyatining ma’lum turlari psixologiyasi. 
Har bir fanning asosi – maishiy tajriba
. Masalan, fizika jismlarning harakati 
va pastga tushishi, yorug‘lik va tovush, issiqlik va yana ko‘plab boshqalar haqidagi 
bilimlarga tayanadi. Falsafa, iqtisod, jamiyatshunoslik va, albatta, psixologiya ham 
o‘z boshlang‘ich manbalarini kundalik hayotdan oladilar, chunki har birimiz bitta 
ham adabiyotni o‘qimay turib va oliygohning psixologiya fakultetida tahsil 
olmasdan inson psixologiyasining ba’zi tomonlarini tushuntirib bera olamiz deb 
hisoblaymiz. 
Kundalik maishiy bilimlar aniq bo‘lib, haqiqiy vaziyatlarga bog‘liqdir, ilmiy 
psixologiya esa asosli umumlashtirishga intilgani uchun nazariy tushunchalardan 
foydalanadi va tekshirilgan ma’lumotlarga tayanadi. Ular ichki fahm xususiyatiga 
ega bo‘lgani uchun amaliy ruhshunoslarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. 
Ilmiy psixologik bilimlar umumlashtirilgan,maqsadga muvofiq va anglangan 
bilimlardir. 
Kundalik maishiy bilimlar chegaralangan bo‘lgani uchun qiyinchilik bilan 
o‘tkaziladi, ilmiy psixologik bilimlar esa to‘planadi va o‘tkaziladi, shuning uchun
doimo kengayib boraveradi. 
Maishiy psixologiyada bilimlarga ega bo‘lish metodi sifatida kuzatish va 
mulohaza yuritish qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada ularga tajriba metodi ham 
qo‘shiladi. 
Ilmiy psixologiyaning afzalligi shundan iboratki, u keng, turli-tuman, noyob 
ma’lumotlarga egadir. Ular to‘planib, psixologiya fanining maxsus sohalarida, 
deylik, yosh yoki muhandislik psixologiyasida o‘rganiladi. Ularga biror bir 
shaxsning alohida o‘zi egalik qilolmaydi. 
Insonning xarakterini o’rganuvchi psixologiya fanini fizika, kimyo, botanika, 
zoologiya, astronomiya va matematika kabi boshqa positive fanlar bilan bir qatorga 
qoya olishimiz mumkinmi? Javob salbiy. Bu fanlarni bir biriga taqqoslasak, 
psixologiya unchalik ham rivojlangan fan emasligini bilamiz. Shunisi aniqki, bu 
organizim hususiyatlarini o’rganuvchi xarakterik fandir. Bu o’zgaruvchi va aniq 
bashorat qilib bo’lmaydigan xarakterdir. Bu fanni o’rganuvchi metodlar ham tabiy 
fanlardagidek aniq va obektiv emas. Boshqa tomondan, fizik va kimyoviy 


reaksiyalarni o’rganuvchi tabiy fanlarda o’rganish jarayoni va tabiy moddalar 
tuzulishidan kelib chiqib aniq ma’lumotlar aytish mumkin. Natijada shuni 
aytishimiz mumkinki, psixologik xarakterlar faniga qaraganda tabiy fanlar yanayam 
aniqrod va obektivdir. 
Shunday qilib, psixologiyani fizik va tabiy fanlar bilan bir qatorga qoyish 
unchalik to’g’ri ish emas. Psixologiya texnikalari va obektiv va imkoni boricha aniq
bo’lishga intilishi juda kuchliligiga qaramasdan o’z o’rnini va fan sifatidagi 
obro’sini topa olmayabdi. Bu fan bir o’zi rivojlangandan ko’ra positive fanlar 
sifatida rivojlanishi uning uchun yanada yengillik tug’dirardi. 
Biz psixologiyani tuzilishi va hususiyatlarini o’rgangan holda bu fanni 
rivojlanishdagi xarakterni o’rganuvchi positive 
fan deb aytishimiz mumkin
2
Ilmiy psixologiyani to‘liq o‘rganilgan va mubolag‘asiz yaxlit bir fan deb 
bo‘lmasligi ayni haqiqatdir, chunki bu sifatlar asosiy masalalar bo‘yicha muntazam 
ravishda munozaralar yuzaga keladigan, yangi maktablar yo‘nalishlar paydo 
bo‘ladigan, olingan bilimlar qaytadan tekshirib chiqiladigan va aniq haqiqatlar rad 
etiladigan fanning tabiatiga zid bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 312,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə