O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish


Videokonferens aloka va videokonferensiyalar



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə45/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
AXBOROT

Videokonferens aloka va videokonferensiyalar.
Insoniyat jamiyati ba’zi bir murakkab masalalarni yechish, odamlarni ma’lum bir jamoaga tuplanishini talab etadi. Bu maksadda mukammalrok tizimlar inson mulokotining urnini bosa olmaydi, lekin ular ishtirokining samarasini tashkil kilishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Videokonferensiyalar masofadagi vizual gurux mulokotini tashkil etishda, majlis, ta’lim utkazishlarning eng yangi axborot texnologiyasidir. Bu texnologiya muassasa devorlari va masofalar bilan bir - biridan bulingan kuplab shaxslarni bir vaktning uzida mulokotiga imkon beradi.
Axborotning o‘zi nima degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Bu savolga biror aniq to‘liq javob berish qiyin. Fanda axborot birlamchi tushunchadir. Inson u bilan bog‘lik bo‘lgan axborot manbai, axborotni tashuvchi, axborotni uzatuvchi, axborotni qabul qiluvchi tushunchalarni yaxshi biladi.
Axborot tushunchasining o‘ziga xos hususiyati shundaki, u xamma sohada: gumanitar va tabiiy fanlarmi, falsafa, tibbiyotmi, inson va xayvonot psixologiyasimi, sotsiologiya, sa’nat, texnika, iqtisod va kundalik hayotda ishlatiladi. Shu ma’noda ham axborotga to‘liq tarif berish qiyin, chunki har bir sohaning axborotni qayta ishlashi va unga yondoshishi o‘ziga xosdir.
Umumiy holda axborotga bizni o‘rab turgan dunyo, tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan va bo‘lgan voqealar va hodisalar haqidagi xabarlar majmuasi deb qarash mumkin.
Inson axborotni kamida uch xil yo‘l bilan qayta ishlaydi va o‘z munosabatini bildiradi.
1) Fiziologik - jismoniy yo’l bilan qayta ishlash. Bu holda xabarlarni inson organizmi orqali qabul qilib, shunga qarab axborotga o‘z munosabatini bildiradi. Misol uchun, issiq choynakdan ehtiyot bo‘ladi, achchiqni sezib ichmaydi, olovni ko‘rib uning oldiga bormaydi va h.z.
2) Ongli ravishda qayta ishlash.
3) Aql-idrok va fikrlash asosida qayta ishlash. Bu ikki holda axborotlarni qayta ishlash juda ham murakkab bo‘lib, u odamning yoshi, hayotiy tajribasi, mutahassisligi, xatto hulki va xarakteriga, unga qanchalk zarur va h.z. larga bog‘lik. Mashina dvigatelining notekis ishlashiga haydovchi darrov e’tibor bersa, haydovchi bo‘lmagan odam e’tibor bermaydi.
Axborotning hajmi to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, kompyuter nuqtai nazaridan olganda bitta "bit" dan ("ha" yoki "yo‘q", 1 yoki 0 ni ifodalaydi) iborat. Odam uchun axborot hajmi odamning bilimi, tajribasi, axborotning unga qanchalik kerakligiga qarab aniqlanadi.
Misol uchun, mashina dvigatelining ishlamay qolishi mashina egasi uchun katta hajmdagi axborot bo‘lsa, begona odamga kichik hajmdagi axborot bo‘ladi. Sportchining yutug‘i siz uchun kichik hajmdgi axborot bo’lsa, sportchining oilasi uchun juda katta axborot bo‘ladi.
Informatika fanida masala bu nuqtai nazardan qaralmaydi, aksincha xamma axborotlarni chekli belgilar majmuasi yordamida tasvir qilinib, bu belgilar orqali har xil axborotlar ob’ektini hosil qilinadi.
Shu paytgacha insonga noma’lum bo‘lgan biror yangi bilimni egallash ilm bo‘lsa, shu egallagan bilim asosida qandaydir yangi mahsulot (u hox moddiy, hox ruhiy ozuqa beradigan mahsulot bo‘lsin) yaratish texnologiya bo‘ladi. Ilm texnologiyani rivojlantirishga olib kelsa, texnologiya ham ilmni rivojlanishiga ta’sir qiladi. Hayotimizning juda ko‘p sohalarida va inson faoliyatida axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘lik har xil amallarni bajaradigan konkret texnik va dasturiy vositalar majmuasi axborot texnologiyasi deyiladi.
Informatika (axborot) fani axborot hususiyatlarini, axborotlarni tasvir etish usullarini, axborotlarni to‘plash, jamlash, uzatish, saqlash va qayta ishlash qonun va qoidalarini o‘rganadi.
Informatika fanining o‘zagini axborot texnologiyasi tashkil etadi. Unda axborotlarni qayta ishlashda asosiy o‘rinni texnik vosita sifatida kompyuter (xisoblovchi) egallaydi.
Informatika fanining nazariy asosini axborot nazariyasi, algortmlar nazariyasi, matematik mantiq, formal grammatika kabi fundamental fanlar hamda informatikaning o‘ziga xos kompyuter arxitekturasi, operatsion tizim (tezkor tizim), dasturlash nazariyasi kabi bo‘limlari tashkil qiladi. Uning moddiy texnik asosini esa fizika, ximiya fanlari, ayniqsa fizikaning radio texnika va elektronika bo‘limlari tashkil qiladi.
Zamonaviy kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash va axborotlarga qarashni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Shularning xammasini birgalikda zamonaviy yoki yangi axborot texnologiyasi deb yuritilishi ham shundan kelib chiqqan.
Har qanday hisoblash mashinalarining arifmetik asosi bo‘lgan sanoq sistemalari bilan tanishamiz. Shu kungacha matematika darslarida turli-tuman hisoblarni o‘nta raqamdan, ya’ni 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlaridan foydalanib bajarib keldik. Shuning uchun ham bu o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi. Sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun qo‘llaniladigan raqamlar soni ushbu sanoq sistemasining asosi deb yuritiladi. Kundalik hayotimizda qo‘llanib kelinayotgan sanoq sistemasining asosi 10 ga teng.
Umuman olganda sanoq sistemalarini ikki, pozitsion va pozitsion bo‘lmagan turga ajratish mumkin. Agar biror sanoq sistemasida raqamlar qiymati tushish joyiga (pozitsiyasiga) qarab belgilansa u holda bunday sistema pozitsion sanoq sistemasi, aks holda pozitsion bo’lmagan sanoq sistemasi deyiladi.
Masalan Rim sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemalarining xammasi pozitsion, rim sanoq sistemasi esa pozitsion bo’lmagan sanoq sistemasiga misol bo‘ladi. Xaqiqatdan, Rim sanoq sistemasida o‘ttiz besh quyidagicha yoziladi.
X X X V
| | | |_____________________ qiymati besh
| | |______________________ qiymati o‘n
| |______________________ qiymati o‘n
|_______________________ qiymati o‘n
Bu yerda foydalangan X raqami uchta bo’lishiga qaramasdan, xammasi ham o‘n qiymatga teng, ya’ni raqamning qiymati uning turish o‘rniga bog‘liq emas.
O’nlik sanoq sistemasida yozilgan 222 sonini olaylik:
2 2 2
| | |__________ikki birlik
| |________________ikki o‘nlik
|______________________ikki yuzlik

Bu sonda keltirilgan uchta ikkining qiymatlari turlichadir, ya’ni o‘ngdan birinchisi ikki birlikni, ikkinchisi ikki o‘nlikni, uchinchisi ikki yuzlikni ifodalaydi. ularni qiymatlari turish o‘rniga qarab belgilanayapti. Shuning uchun u o‘nlik sanoq sistemasi pozitsion sistemadir. Xuddi shunday ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalari ham pozitsion sistemaga misol bo‘la oladi.


Asosi undan katta bo‘lgan sanoq sistemalarida qaysi raqamlar ishlatiladi degan savol tug’iladi. Masalan, o‘nlilik sanoq sistemasida biz bilgan o‘nta raqam yetarli emas, shuning uchun yana 6 raqami kerak bo‘ladi. Bular ham o‘n oltilik sanoq sistemasida bitta raqamlar uchun A B C D T F belgilarni kiritsak, o‘n oltita raqamga ega bo‘lamiz: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A,B C D T F. "16" soni esa 10 ko‘rinishda yoziladi.
Bundan keyin turli sanoq sistemalarida yozilgan sonlarni bir-biridan fark qilish uchun mos sonlarning indeksida sistema asosini ko’rsatamiz. Masalan, 27***;2,37*;79A**;11* yozilgan bo‘lsa, bu sonlar mos ravishda o‘nlik, sakkizlik, o‘n oltilik va ikkilik sanoq sistemasining sonlarini ifodalaydi.
Har qanday asosli sanoq sistemasida qisqa yozuvda berilgan sonlarni asos darajalari bo‘yicha yoyib yozish mumkin. Masalan, 451 soni 4x10*+5x10*+1x10 kabi yozish mumkin. Shunday qilib, 451 soni biror asosli pozitsion sanoq sistemasida ifodalash uchun bu sonnning o‘sha sistema asosining darajalari bo‘yicha yoyilmasining yig‘indisi shaklida yozish yetarlidir. Demak, biror sanoq sistemasining asos darajalari bo‘yicha yoyilmasini mos darajalarga ko‘tarib, so‘ng qo‘shib chiqilsa, hosil bo‘lgan son o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tib qolar ekan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə