O’quv jarayonida texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tadbiq qilish



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə51/67
tarix22.03.2024
ölçüsü1,46 Mb.
#168841
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
AXBOROT

Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’yekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Tadqiqot metodlari: Tadqiq qilayotgan muammolar bo’yicha matematik, psixologik, pedagogika va ilmiy-metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
-boshlang’ich ta’lim uchun matematika bo’yicha yaratilgan o’quv reja va dasturlarning tahlili.
-pedagogik tajriba va uning natijalarini tahlil qilish.
BMI kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.

  1. o'quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.

b)faohiyatning har-xil turlarini o'quv mehnat,muloqatni egallash.
v)o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholarshga o'rgatish.
g) muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi
taraqiyotining tavsifi.
Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-
bilimjarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina
emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv,
kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fasilatlarining
shakllanishini ham taminlaydi.
O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.
Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.
Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko'zsatiladi.
1-sinf Idan 20 gacha sonlar.
2-sinf Idan 100 gacha sonlar.
3-sinf Idan 1000 gacha sonlar.
4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar.
Va xakozo ya'ni ko'p xonali sonlar o'rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 5 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik, ikkinchi o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o'rganish mos masalalarni kelgusida o'rganish uchun tayyorgarlik ishi bo'lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o'rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Barcha konsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketligi va o'rganish uslubida ko'p umumiylik mavjud bo'lib , bu o'qitishning ma'lum uslubida ishlashning umumiy usullarining shakllanishiga imkon beradi, o'quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikirlashlarini rivojlantiradi.Shu bilan birga, har bir konsentr o'ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko'rsatishga asos bo'ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi tomondan, konsentralning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o'qitishning maqsad va vazifalarining o'ziga xosligi sabab bo'ladi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish bo'lgan katta bo'lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish usulini batafsil bayon qilamiz.

Bizga yaxshi ma’lumki, har bir nazariya o’zining metodologik asoslariga ega bo’ladi.Ta’lim texnologiya nazariyasining ilk g’oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur nazariyaning asoslari ham yaratila boshlagan. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’yektiv (tashqi) hamda sub’yektiv ( ichki) omillari, ob’yekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.


Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so’z yuritish uchun “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi.
“Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne” – mahorat, san’at hamda “logos”- tushuncha, ta’limot so’zlarining birikmasidan hosil bo’lgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug’aviy jihatdan ( inglizcha “ an educational technology”) ta’lim (o’qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko’lamli, serqirra tushuncha bo’lib,u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o’z o’rniga ega.
Ta’lim –tarbiya faoliyatining mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatidan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga,ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda.Shu asosda ta’lim –tarbiya sohasida so’nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o’quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda qo’llana boshlangan.Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi.
Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini bildirgan.
1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o’z tarkibiga oladigan kom’leks, integrativ jarayondan iborat…”.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kom’yuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab,uni ta’limdagi, o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagigikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.’.Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi.U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi.Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi.Afsuski, hozirga qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi.U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.





Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə