Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 86,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix27.12.2023
ölçüsü86,38 Kb.
#163836
1   2   3   4   5   6   7   8
publitsistik-uslubda-ba-zi-birliklarning-yuzaga-kelish-usullari

 
NATIJALAR 
Publitsistik uslubga oid so‘z va iboralar bir necha lisoniy usullar bilan yuzaga 
keladi. Quyida shu masalaga qisqacha to‘xtalamiz.

1.So‘z ma’nolarining kengayishi. Hozirgi gazeta publitsistikasi nutqida 


qo‘llanayotgan ayrim leksik vositalarda semantik-uslubiy taraqqiyot jarayonini 
kuzatish mumkin. Chunki hayotda so‘zga nisbatan tushuncha ko‘p. So‘z esa 
tushunchaga nisbatan kamdir. Shuning uchun so‘zlarning ma’nosi kengayishi yoki 
ko‘chishi mumkin. Bu taraqqiyot til va tildan tashqari omillar asosida, real muhitda 
ro‘y beradi. Misol sifatida xalq nutqida azaldan qo‘llanib kelayotgan 
“telbalik”, 
“jilovlash”, “yumshatish”, “maydon”, “darvoza”, “poyga”
kabi so‘zlarni keltirish 
mumkin. Ma’lum lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan bunday leksik vositalar hozirgi 
publitsistik nutqda ishtirok etib, ijtimoiy-siyosiy ma’no qirralarini yuzaga keltiradi. 
Bu so‘zlarning mazmuni kengaygan. Endilikda ularning zimmasiga ijtimoiy-siyosiy 
ma’no anglatish vazifasi ham yuklangan. Hozir bu so‘zlar xuddi shu vazifada 
publitsistik nutqda tez-tez qo‘llanadi.Masalan,
“yumshatish”
so‘zi kundalik 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1218 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
turmushda, qishloq xo‘jaligida va siyosatda qo‘llanadi. Shuni alohida qayd etish 
lozimki, bu jarayonda tarjimaning ahamiyati ham kam emas. Hayotdagi aniq voqealar 
bilan bevosita bog‘liq holda qo‘llanayotgan bunday so‘z va tarjimalar o‘zbek tilidagi 
mavjud imkoniyatlardan foydalanish zaminida (so‘z ma’nolarining kengayishi
ma’noda ko‘chishlar tufayli) yuzaga kelgan. Bu xil so‘z va iboralar fikrni obrazli
ta’sirchan va ayni paytda aniq ifodalashga xizmat qiladi. Chunki bular bir tildan 
ikkinchi tilga shunchaki tarjima bo‘lmay, balki o‘zbek tilining ichki imkoniyat va 
xususiyatlarini hisobga olgan holda, xuddi mana shu imkoniyatlarga tayangan holda 
yuzaga keladi. Shuning uchun tarjima aynan (so‘zma-so‘z) yoki aynan emasligidan 
qat’i nazar, tasvirga singishi, ifoda obyektiga mos kelishi shartdir. 
Xalqaro munosabatlarga doir kontekstlarda faol qo‘llanayotgan 
“keskinlikni 
yumshatish”, “vaziyatni yumshatish”, “tinch-totuv yashash” kabi terminologik 
iboralar ham rus tilidagi “разрядить напряженность”, “разрядить 
обстановку”, “мирное сосуществование
” kabi iboralarning tarjimasidir. Rus 
tilidan juda o‘rinli tarjima qilingan bunday iboralar hozirgi kunda turli davlatlarning 
o‘zaro tinch-totuv yashashi ma’nosida keng qo‘llanmoqda: 
“keskinlikni yumshatish 
uchun kurashib“, “xalqaro keskinlikni yumshatish ishiga katta hissa qo‘shmoq”
va 
h.k.
Tilimizdagi quyidagi so‘zlarda ham ma’no kengayishi, ma’no ko‘chishi yuz 
berganini kuzatamiz: endilikda ular yangi, qo‘shimcha mazmun kasb etgan. Aslida, 
“tomon”
so‘zi dastlab ma’lum bir yo‘nalishni, tomonni anglatgan bo‘lsa, hozir gazeta 
publitsistikasida ma’nosi kengayib, ijtimoiy-siyosiy mazmunni ham qamragan: 
har 
ikkala tomon (har ikkala mamlakat), barcha manfaatdor tomonlar, ikki tomonlama 
munosabatlar 
va boshqalar. Yoki 
“kurash”
so‘zini olaylik. Bu so‘z dastlab sportga 
oid bo‘lgan bo‘lsa, hozir ijtimoiy-siyosiy ma’noga ham ega: 
tinchlik uchun kurash, 
mustahkam tinchlik va taraqqiyot uchun kurash, keskinlikni yumshatish uchun 
kurash, yuqori hosil uchun kurash, ulkan xirmon uchun kurash
va boshqalar. 
Shuningdek, 
“maydon”, “shov-shuv”, “jilovlash”
kabi so‘zlarning mazmun doirasi, 
ma’no qirralari ham kengaygan. Endilikda bular ijtimoiy-siyosiy mazmun ham kasb 
etgan: 
“qurollanish poygasini jilovlash”
kabi. Bular va shunga o‘xshash ma’nosida 
ko‘chish yuz bergan boshqa leksik vositalar ham dastlab tor doirada (o‘z ma’nosida) 
qo‘llangan. Keyinroq ma’no ko‘chishi, ma’no kengayishi yuz bergan va natijada 
bular ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi matnlarda faol qo‘llanuvchi vositalarga 
aylangan: 
“qurollanish poygasini jilovlash”,
“texnika jilovi”, “texnika jilovkori”, 
“traktorlar jilovini mahkam
tutgan
” va boshqalar. Ma’lumki, 
“jilov”, “jilovlash”
yoki “jilovlamoq” kabi so‘z va iboralar azaldan xalq nutqida bor edi, ya’ni “jilovlash”



Yüklə 86,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə