Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 86,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix27.12.2023
ölçüsü86,38 Kb.
#163836
1   2   3   4   5   6   7   8
publitsistik-uslubda-ba-zi-birliklarning-yuzaga-kelish-usullari

2022
 
reallikdagi voqea-hodisalarning mohiyatini ochish, bayon qilish jarayonlarida ro‘y 
beradigan turli fikr hamda tushunchalarni ifodalaydi. Shuning uchun bu so‘z, atama, 
birikma hamda iboralar tizimida konkret tushunchalarni anglatuvchi vositalarni ham, 
mantiqiy umumlashtirishlar va abstraksiyalash jarayonlarining mahsuli sifatida 
yuzaga keladigan umumiy va abstrakt ma’nolarni hozirjavoblik bilan aniq 
anglatuvchi so‘z va atamalarni ham ko‘plab uchratamiz. Binobarin, hozirgi o‘zbek 
adabiy tili me’yorlari ham bunday qo‘llanishlarni taqozo etadi. 
So‘zlarning o‘zaro aloqasi lisoniy va tildan tashqari holatlar ishtirokida hosil 
bo‘ladi. Bu jarayonda tildan tashqari omillar − “mutlaq nominativ elementlar” 
tushunchasi asos bo‘lsa, lisoniy hodisalar leksik vositalarning boshqa leksik vositalar 
bilan o‘zaro aloqasi natijasida ro‘y beradigan nisbiy mazmundagi turli birikmalarning 
hamda ularning o‘zaro variantdorligining yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. 
2
Bu 
variantlarning aksariyatida bitta umumiy mazmun, bir xil vazifa tufayli funksional bir 
xillik, vazifadoshlik mujassamlashadi: 
oblast – viloyat, muzofot;
respublika – 
jumhuriyat; aktiv – faol; aktual – dolzarb; adres – manzil, makon; grajdan – 
fuqaro; massiv-daha, mavze; programma – dastur, ministrlik – vazirlik; faktor – 
omil; traditsiya – an’ana; arxitektura – me‘morchilik; kollektiv – jamoa; kollektiv 
xo‘jaligi – jamoa xo‘jaligi; internatsional – baynalmilal; peshqadam – ilg‘or; 
qatnashmoq – ishtirok etmoq; progressiv insoniyat – taraqqiyparvar insoniyat – 
taraqqiyparvar kishilar; protsent – foiz; hissa qo‘shmoq – ulush qo‘shmoq; salmoqli 
hissa qo‘shmoq – munosib hissa qo‘shmoq – katta ulush qo‘shmoq; yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishmoq – ulkan marralarni qo‘lga kiritmoq; o‘z imkoniyatlarini 
hisoblab – o‘z imkoniyatlarini hisoblab ko‘rib – o‘z imkoniyatlarini hisoblab chiqib 
– ichki imkoniyatlarni hisoblab chiqib – ichki imkoniyatlarni hisobga olgan holda – 
o‘z imkoniyatlarini atroflicha hisoblab chiqib – o‘z imkoniyatlarini har jihatdan 
puxta chamalab – o‘z imkoniyatlarini chamalab chiqib – o‘z imkoniyatlarini 
chamalab ko‘rib
va h.k. 
Hozirgi nutq madaniyati sohasining dolzarb vazifalaridan biri gazeta tilidagi 
so‘z va atamalarning, ba’zi birikmalarning funksional-uslubiy holatlarini, nutq 
turlarida qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganish hamda uni to‘g‘ri tatbiq etishdan 
iboratdir. Binobarin, bu gazeta tilida so‘z va atamalarni, ularning dublet hamda 
variantlarini o‘z o‘rni va me’yorida ishlatish, kerakli joylardagina qo‘llash mezonlari 
bilan uzviy bog‘liqdir. 
2
Проблемы структуры слова и предложения .− Пермь, 1974.− С.98-103. 



Yüklə 86,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə