Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 86,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix27.12.2023
ölçüsü86,38 Kb.
#163836
1   2   3   4   5   6   7   8
publitsistik-uslubda-ba-zi-birliklarning-yuzaga-kelish-usullari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1219 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
kabi turg‘un so‘z va iboralar shu nutq jarayonida yaratilgan emas, balki xalq
tilining lug‘at boyligidan tayyor holda olib ishlatilgan, albatta. Ammo hozir nolisoniy 
sabablar tufayli bu xil so‘z va iboralarning vazifasi hamda ma’nosi kengaygan: 
“jilov”, “jilovlash”, “jilovlamoq” so‘zlarining ma’nosida uch marta ko‘chish yuz 
berganligini kuzatish mumkin. Dastlab bu so‘z o‘z ma’nosida (otning jilovi, jilov − 
yuganning charm tizgini) qo‘llangan: 
otning jilovidan ushlamoq
kabi. Keyinroq bu 
ma’no kengayib, 
“jilovlash
” 
yoki 
“jilovlamoq”
 
so‘zi 
“tiymoq”
ma’nosida ham 
qo‘llanadigan bo‘lgan. Keyinchalik bu so‘z ishtirokida “
katta toshqinni, selni 
jilovlash” 
shuningdek, 
“texnikaning
jilovi”
kabi ma’nolar ham yuzaga keldi.
Yuqorida qayd etilgan dastlabki ma’nolarga motivlashish asosida xalqaro 
mavzulardagi materiallarda “
qurollanish poygasini jilovlash
” kabi ma’nolar ham 
yuzaga kelib, faol qo‘llanmoqdaki, bu mazkur so‘z yoki iboraning ma’nolar 
tuzilishidagi rang-barang tovlanishlar, ma’no ko‘chishi va ma’noda qayta ko‘chish 
tufayli yuzaga kelgan taraqqiyotdan dalolatdir. 
Tor doiradagi ilmiy tushunchalarga oid so‘zlar, terminlar ham maxsus 
sohalardagi ilmiy tushunchalarnigina bildirib qolmasdan, ijtimoiy-publitsistik uslubda 
qo‘shimcha ma’no olib, faol qo‘llanuvchi nutqiy elementlarga aylangan. 
“Publitsistika taraqqiy qila borgani sayin terminlar o‘zlarining dastlabki terminologik 
ma’nolaridan yiroqlashib yangi ma’nolarda qo‘llana boshladi, ya’ni ular 
determinlashdi”.

Bu jarayon
mexanizm, aksioma, atmosfera, reaksiya, nota
kabi so‘zlarda aniq 
ko‘zga tashlanadi. Ko‘plab bunday terminlar kengaygan va ko‘chma ma’nolarda 
qo‘llana borgan. Shu tariqa ilmiy terminlarning ba’zilari mazmunan kengayib yoki 
ko‘chma ma’nolarda ham ishlatilib, ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni aniq ifoda etadi va 
nutqqa katta ijtimoiy ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. 
Publitsistik matnlarda uchraydigan yuqoridagi kabi leksik vositalarda ro‘y 
bergan semantik-uslubiy taraqqiyot qandaydir bo‘sh zaminda, butunlay yangidan 
yuzaga kelgan hodisa emas. Bu rivojlanish, so‘zlarning evolyutsion taraqqiyoti til va 
tildan tashqari omillar ta’sirida, tildagi azaldan mavjud elementlarning o‘zaro 
bog‘lanishi asosida, ma’lum nutqiy sharoitlarda vujudga kelgan: 
“tinchlik yo‘lida”, 
“hamkorlik yo‘lida”, “hamdo‘stlik yo‘lida”, “iqtisodiy munosabatlar”, “do‘stona 
munosabatlar” 
singari iboralar yangi semantik-uslubiy o‘zgarishlar natijasida yuzaga 
kelgan. 
1
Щелепина О.Е. Детерминологизация – источник расширения словарного состава // Вестник Львовского 
университета. №6 .−Львов.1969.− С.99-101. 



Yüklə 86,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə