58
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
2.
Tarxon yerlar.
Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir
xizmati uchun berilgan.
3.
Ushr yerlar.
Sayid va xo’jalarga mansub yerlar. Bu yerlarda olingan
hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4.
Vaqf yerlar.
Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga
doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om
etiladi.
5.
Askarlarga, ularning rahbarlariga
beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib
chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa
yoxud birorta
xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi
yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur
muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda
muhim mavqega ega bo’ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib
o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni
qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun
tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni
qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya
qirollariga murojaat qilib,
xalqaro savdo
aloqalarini rivojlantirishga
harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan
savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib
berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha
narsa muhayyo etilgan
(karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar
qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor
berish
kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga
10 foiz narx
qo’shib sotish mumkin
bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga
bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan
ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
59
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
A.Temurning
iqtisodiy fikrlari
Dostları ilə paylaş: