42
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
3
MAVZU
O
’RTA ASR IQTISODIY QARASHLARI
Reja:
1.
«Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar
rivojlanishidagi o'rni.
2.
O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
3.
A.Temurning iqtisodiy qarashlari.
4.
Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar
5.
Alisher Navoiy iqtisodiy t’limoti.
6.
Zahiriddin Muhammad Bobur va
Boburiylar davri
Mavzuning qisqacha tafsiloti.
O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni
va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan,
hozirgi O'zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum
va bu har
tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va
hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni,
qazilma
boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining
mehnatsevarligi,
mirishkorligi,
bunyodkorligi,
kasb-hunarga
mehr
qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Bu o'lka
eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-
ziynatlar,
zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-
uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan
to'qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi
va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan.
Markaziy Osiyo
donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar
hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo'lgan.
Miniatyura san'ati yuqori darajada edi.
o‘rtalarigacha iqtisodiyot to‘laligicha ijtimoiy fan mavqeiga ega emas edi.