47
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to’g’ri tasarruf etish, undan unumli
foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha,
“Mulk
orttirishda unchalik xavf yo’q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun
ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”.
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlarining to’g’ri ekanligini
hayotning o’zi ko’rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar
sinfining shakllanib,
ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi
davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g’oyalari yana ham
faollashib bormoqda.
Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari.
Taqsimot Forobiyning
iqtisodiy qarashlarida o’ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va
kishilar qo’lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to’g’ri
taqsimlash davlat
miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq
amalga oshirilmas ekan, ko’pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir
ahvolga tushib qoladi.
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi.
Shu bois maqsadga
muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo’lgan barcha
boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi:
“Avvalo er va
joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda
zarur narsalar bo’lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsi uylar
miqdori
hisobga
olinishi
zarur”.
Forobiy
Platonning:
“Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda
zarur ishdir”,
– degan fikrini alohida ko’rsatib
o’tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining
qiyinligini, uni to’g’ri hal etish jamiyat hayotida
muhim
ahamiyatga
ega
ekanligini
yaxshi
tushunganligini ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: