53
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi
mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli
osmon sari ham yo'l
ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim,
deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko'ra (XVIII asr),
mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik;
2. Me'yoridagi soliqlar;
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g'oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon
etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi,
deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish);
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish;
3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni (hozirgi kunda ham
nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st,
dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib
turibdiki, bunda
jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda
etiladi.
Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi
bilan chambarchas bog'liq, baholarning mo'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z
navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib
taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining
bosh unsuridir,
mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan
va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat,
umumxalq mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida
boshimizdan kechirganmiz.
Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-
import) ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning
xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar
ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa
vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli,
insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga,
ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana
54
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
shunday kelishtirish yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu
esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk
tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-
mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo’lish belgilari
berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi.
«Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir,
qo'mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga
sazovordir.
Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida
suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim.
Dehqon, savdogar,
chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar
bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan
yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi.
«Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni
echishga qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi.
Bilim egalari
esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga
oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki,
yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham
yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar
yaratilayotir. Bu tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: