55
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk»)
asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va
qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo’shin va sarbozlar,
xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar
vazifalari, ularning maoshlari, pochta va ayg’oqchilik (razvedka) ishlari, ularning
moddiy
jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf
masalalari ham o’rin olgan. Asarning asosiy g’oyasi shundan iboratki, vazir
Nizomulmulk. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga,
davlatni
oqilona boshqarib, qat‘iy qoida va tartib o’rnatishga, amaldorarni vijdonli, pok,
halol va iymonli bo’lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik
va totuvligini ta‘minlash uchun harakat qilishga da‘vat qiladi. Nizomulmulk
Bag’dod safari yo’lida yollangan qotil tig’idan halok bo’ladi.
Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar
sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e‘tiborga sazovor
manba bo’lib, u o’zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga egadir.
Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo’lib, unda o’rta
asrlarda O’rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo’lgan
muhim
siyosiy voqealar bayoni va g’oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy
ma‘lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga
oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar;
- ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar;
- islom mazhablari o’rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar;
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
- siyosat falsafasi, o’zini o’zi boshqaruv institutlari.
1 Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va
sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo’lib, ular xalq (raiyat) hayoti
bilan bog’liq.
Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib
boriladi. Bu oddiy hol bo’lib ko’rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo’l
keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana
shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta‘minlovchi
idoralar
ham hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki uning ijrosi
cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, podshoh mas‘ul va mutasaddi shaxslar
uchun jazo belgilagan (ular o’z yaqinlari bo’lsa ham). Chunki, markazlashgan
56
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
davlat siyosati shoh farmoniga so’zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o’sha davrning
eng oliy siyosati edi, albatta.
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni hatto
hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham
Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma"
asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar,
aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa,
axloq
masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari
falsafiy-axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-falsafiy
qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o’rtasidagi
munosabatlarda uyg’unlikni ta‘minlash asosiy o’rinda turgan.
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. To’g’ri, u
markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli
dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o’tkazishni o’rtaga tashlaydi. Uning
mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (avom), amaldor(xizmatchi)lar bilan
kishi(fuqaro)lar o’rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o’ylaydi,
zo’rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon
ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo’q deb hisoblaydi»,
degan g’oyani o’z davrida alloma Konfusiy ilgari surgan edi. Bunday g’oyalarni
Nizomulmulkda ham kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo
munosabatlardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli
voqelikdir. To’g’ri, ba‘zan Nizomulmulk insoniylikni kichiklarning kattalarga
hurmat ko’rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va
xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson),
davlat va shaxs
munosabatlariga ko’chiradi. Qanday bo’lmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda
insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da‘vat - Nizomulmulk ijodidagi
olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlarning qanday sifatlarni o’zida
shakllantirishi yoki ulug’lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita
bog’liqdir. Bu o’rinda Sharq xalqlariga xos bo’lgan «aravaning katta g’ildiragi
qayerdan yursa, kichik g’ildirak ham shu yerdan yuradi», degan maqol esga
tushadi. «Xalqni o’z ketidan ergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima
uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor o’z
axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik
oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..."1
Bunday siyosiy
qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi. Agar Nizomulmulk
Makiavelli, hukmdor xalqni, davlatni kuch bilan, qurol ishlatib ushlab turishi
zarurligini ta‘kidlasa, Nizomulmulk siyosiy jihatdan boshqarishni yoqlaydi.
57
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
Shubhasiz, Nizomulmulk Makiavelli qadimgi Rim va Gretsiya davlatlarida
shakllangan idora usullarini o’rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, despotiyani
ilgari suradi. Hokimiyatda turli manfaatlar, intilishlar to’qnashadi, ularning
barchasini qo’llab-quvvatlash podshoh (sulton)ni 1
Nizomulmulk, Siyosatnoma
yoki Siyar ul-muluk, -T.:, 1997, 20-bet. 32 tilyog’lamalik qilishga, natijada
umummanfaatlarni unutishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, Nizomulmulk
Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: