51
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga
bag’ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning
moddiy ishlab
chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini
o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar
garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda
o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar
muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U
jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi.
«Odamning o’z
quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, –
hammani hunar o’rganishga undaydi».
O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi
davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir,
Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy
unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta
karvonlarni tog'u toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun
ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va
qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar,
xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan.
Oqibatda turli bilim sohalari,
matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa
ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy ,
Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab
mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar
ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi
olimlar shu davrdagi tijorat,
mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi
daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat
tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda
daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida
fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab
beradi:
1)
hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak;
52
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki,
unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik bo’lmasin;
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi
sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi
siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi;
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi,
shuning uchun
ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi
ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida,
Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar
yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan
o’xshab ketadi.
Dostları ilə paylaş: