44
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq
tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va
Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq,
diplomatiya, madaniyat va
boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va
poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar
keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI
asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi,
ammo Markaziy Osiyo
respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada
jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston,
Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan
Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga
oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.
Endi esa,
moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport
potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston
hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy
jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er,
suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan
ajralib turgan.
Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-
hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli
metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi
shu soha hunarmandchiligi
rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi
tortganligi aniq.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni
egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij
davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga
qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk
ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm
va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq
eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan,
Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal
ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining
barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport
vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda
qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan
olinadigan mahsulot asosiy
o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi
45
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar
bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir.
Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham
bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun
zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot,
tuya,
boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga
boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150
kun davomida bosib o'tilgan.
Dostları ilə paylaş: