Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn
Ahmad
(
4-sentabr
,
973
,
Kat
,
Xorazm
, —
11-
dekabr
,
1048
,
Gʻazna
) — XI asr qomusiy olimi.
Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga
qiziqadi.
U
sevgan
fanlar —
astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va
mineralogiya bo’lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini
yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng
yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“,
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:
Abu Rayhon Beruniy
Muhammad ibn Ahmad
(
4-
sentabr
,
973
,
Kat
,
Xorazm
, —
11-dekabr
,
1048
,
Gʻazna
)
48
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta;
astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va
boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu
asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal
etish
bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir
necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-
yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun
joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy
Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar
Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini
turlicha
tasavvur
qilishgan.
Miloddan
avval
oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va
shar
shaklida degan fikrni aytganlar.
Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar
akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib,
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu
„Donishmandlik uyi“ning aʼzosi boʻlib, u yerda 7 yil ishlagan.
Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“
uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu
asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat
keltirdi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan
„Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni
aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib
tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar“ asari
ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u oʻzining
„Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan
taʼlimotlarini aniqlash“ kitobini
yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika
qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha
asr avval ilmiy asoslab bergan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi,
savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu
davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va
uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi.
Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan
holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi
uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb
49
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb
o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan
yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir
davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir,
aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk
donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish
mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol
mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun
mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan
jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va
ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi,
hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat
zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat
ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar
ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan
harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-
irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday
mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar
yuqori baholangan.
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida
gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar
va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq
va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash
(falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.
Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik,
aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish
maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi
olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati
jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning
avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari
suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi.
50
O’rta asr iqtisodiy qarashlari
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning
mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini
olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi.
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib
buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va
mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib
turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik
tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z
yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik
oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar
yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr
XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar
esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi,
deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi
yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz
o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi,
ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va
zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Beruniy o’gitlaridan:
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne’matning qadri u yo’qolgandagina bilinadi.
Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb
yotadiganlarini o’ldirib tashlaydilar.
Ikkala da’vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi
bo’lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi
ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.
Haddan ortiq g’azab vahshiylik keltiradi va
bevaqt qilingan lutf obro’ni ketkazadi.
Dostları ilə paylaş: |