O’rta asr iqtisodiy qarashlari


Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn 
Ahmad
(
4-sentabr

973

Kat

Xorazm
, — 
11-
dekabr

1048

Gʻazna
) — XI asr qomusiy olimi. 
Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga 
qiziqadi. 

sevgan 
fanlar —
 astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va
 mineralogiya bo’lgan. 
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini 
yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng 
yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“, 
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: 

Abu Rayhon Beruniy 
Muhammad ibn Ahmad
(
4-
sentabr

973

Kat

Xorazm
, —
 
11-dekabr

1048

Gʻazna

 


48 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; 
astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va 
boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu 
asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. 
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal 
etish
bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir 
necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-
yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun 
joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy 
Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar 
Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini 
turlicha 
tasavvur 
qilishgan. 
Miloddan 
avval 
oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va 
shar
shaklida degan fikrni aytganlar. 
Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar 
akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, 
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu 
„Donishmandlik uyi“ning aʼzosi boʻlib, u yerda 7 yil ishlagan. 
Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ 
uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu 
asar muallifning koʻp qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat 
keltirdi. 
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan 
„Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni 
aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib 
tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar“ asari 
ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u oʻzining 
„Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan 
taʼlimotlarini aniqlash“ kitobini 
yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika 
qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha
asr avval ilmiy asoslab bergan. 
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, 
savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu 
davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va 
uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. 
Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan 
holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi 
uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb 


49 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb 
o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan 
yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi 
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir 
davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, 
aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk 
donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish 
mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol 
mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun 
mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan 
jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va 
ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi, 
hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat 
zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat 
ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar 
ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan 
harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi 
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-
irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday 
mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar 
yuqori baholangan.
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida 
gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar 
va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq 
va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash 
(falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani 
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.
Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, 
aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish 
maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi 
olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati 
jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning 
avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari 
suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. 


50 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar 
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning 
mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini 
olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. 
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va 
mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib 
turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik 
tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z 
yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik 
oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar 
yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr 
XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar 
esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi, 
deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi 
yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz 
o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, 
ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va 
zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va 
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 
Beruniy o’gitlaridan: 
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne’matning qadri u yo’qolgandagina bilinadi. 
Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb 
yotadiganlarini o’ldirib tashlaydilar.
Ikkala da’vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi 
bo’lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi 
ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.
Haddan ortiq g’azab vahshiylik keltiradi va 
bevaqt qilingan lutf obro’ni ketkazadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə