O’rta asr iqtisodiy qarashlari


«Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

«Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy 
munosabatlar rivojlanishidagi o'rni.
 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, 
Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l 
orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat 
qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari 
rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta 
Er dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida 
muhim rol o'ynagan. 
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian 
shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u 
erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. 
Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis 
muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan 
nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon 
(Farg'ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So'g'dning markazi Samarqand va 
Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa 
bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, 
Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq 
1-savol


44 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq 
tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va 
Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va 
boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va 
poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar 
keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI 
asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo 
respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada 
jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, 
Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan 
Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga 
oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport 
potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston 
hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy 
jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, 
suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan 
ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-
hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli 
metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi 
rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi 
tortganligi aniq.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni 
egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij 
davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga 
qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk 
ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm 
va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq 
eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, 
Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal 
ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport 
vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda 
qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy 
o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi 


45 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar 
bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. 
Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham 
bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun 
zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, 
tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga 
boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150 
kun davomida bosib o'tilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə