O’rta asr iqtisodiy qarashlari


Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.
Ulug’ mutafakkir 
Ibn Sinoning (980–1037)
280 dan ko’p asarlari mavjud bo’lib, ular tibbiyot, 
 
Ibn Sinoning (980–1037)
 


51 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga 
bag’ishlangan. 
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab 
chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon 
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u 
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini 
o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy 
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar 
garchi poda bo’lib yashasalar ham, yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda 
o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar 
muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar». 
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U 
jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. 
«Odamning o’z 
quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji, –deb yozadi Ibn Sino, – 
hammani hunar o’rganishga undaydi». 
O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo 
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi 
davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, 
Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy 
unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta 
karvonlarni tog'u toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun 
ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va 
qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, 
xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari
matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa 
ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , 
Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab 
mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar 
ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat
mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z 
ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi 
daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat 
tabiiy ofat yoki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda 
daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. 
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab 
beradi: 
1)
hamma o’z foydasini ko’zlab mehnat qilishi kerak; 


52 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, 
unda juda katta boylik va ashaddiy kambag’allik bo’lmasin; 
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi 
sababli urushadigan odamlar bo’lmaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasidagi 
siyosiy bahslar esa tinch yo’l bilan hal etiladi; 
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo’ladi, shuning uchun 
ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi 
ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. 
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, 
Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar 
yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan 
o’xshab ketadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə