O’rta asr iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

«Metafizika»
asarini Forobiy 
yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan. 
Farobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan 
moddiy ehtiyojlar
to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat 
shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u 
yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi 
topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning 
har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam 
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun 
moddiy ehtiyojlar to’g’risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan 
hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat 
qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin 
qarshi chiqdi.
Forobiy Platonga o’xshab 
ideal tuzum
to’g’risida fikr yuritdi. U kelajak 
haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi 
o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; 
er yuzida barcha xalqlarning o’zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat 
qurish mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar 
bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat 
mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu narsani 
qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib 
qo’ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat 
o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi. 
 
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi qarashlari.
Abu Nasr Forobiy 
mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq 
foydalanish, o’ziga to’q yashash to’g’risidagi ilg’or fikrlarni ilgari suradi. U 
odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, 
boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to’plash, mol-mulk orttirish esa yomon 
odat ekanligini aytib o’tadi. 
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida 
e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy 
madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydilar va aksincha 
“...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u 
holda ular qonun o’rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. 
Ko’rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. 


47 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to’g’ri tasarruf etish, undan unumli 
foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha, 
“Mulk 
orttirishda unchalik xavf yo’q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun 
ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. 
 
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlarining to’g’ri ekanligini 
hayotning o’zi ko’rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib
ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi
davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g’oyalari yana ham 
faollashib bormoqda. 
Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari. 
Taqsimot Forobiyning 
iqtisodiy qarashlarida o’ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha, jamiyat va 
kishilar qo’lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to’g’ri taqsimlash davlat 
miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq 
amalga oshirilmas ekan, ko’pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir 
ahvolga tushib qoladi. 
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga 
muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo’lgan barcha 
boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. U shunday yozadi: 
“Avvalo er va 
joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda 
zarur narsalar bo’lgan oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsi uylar 
miqdori 
hisobga 
olinishi 
zarur”. 
Forobiy 
Platonning: 
“Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda 
zarur ishdir”, 
– degan fikrini alohida ko’rsatib 
o’tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining 
qiyinligini, uni to’g’ri hal etish jamiyat hayotida 
muhim 
ahamiyatga 
ega 
ekanligini 
yaxshi 
tushunganligini ko’ramiz.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə