O’rta asr iqtisodiy qarashlari


A.Temurning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

 
A.Temurning iqtisodiy qarashlari.
 
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni 
boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. 
Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh 
vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon 
deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning 
muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni
ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, 
suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib 
turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan 
tekshirish va taftish ishlarini olib borgan.
Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho 
tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq 
jazolangan. 
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi 
navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib 
qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: 
“Raiyatni xonavayron 
qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib 
qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi 
esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”
, – deb ko’rsatib 
bergan. 
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, yerga egalik qilish 
quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: 
1. 
Suyurg’ol yerlar.
Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib 
berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. 
Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig’i – xiroj olganlar. 
Amir Temur (1336-1405)
 
3-savol


58 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
2. 
Tarxon yerlar.
Bu yerlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir 
xizmati uchun berilgan. 
3. 
Ushr yerlar.
Sayid va xo’jalarga mansub yerlar. Bu yerlarda olingan 
hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4. 
Vaqf yerlar.
Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga 
doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om 
etiladi. 
5. 
Askarlarga, ularning rahbarlariga
beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib 
chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta 
xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi 
yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur 
muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda 
muhim mavqega ega bo’ladi. 
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib 
o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni 
qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun 
tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni 
qilgan. 
Amir Temur Angliya va Frantsiya
 
qirollariga murojaat qilib, 
xalqaro savdo 
aloqalarini rivojlantirishga 
harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan 
savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib 
berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan 
(karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar 
qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish 
kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 
10 foiz narx
qo’shib sotish mumkin 
bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga 
bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan 
ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi. 


59 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
A.Temurning iqtisodiy fikrlari 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə