O’rta asr iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

«Temur tuzuklari»
da bayon etilgan bo’lib, 
quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. 
(«Amir tuzuklari». Toshkent,1991). 
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi 
ko’rsatilgan: 
1.
Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). 
2.
Aqlli, donishmand odamlar. 
3.
Xudojo’y kishilar. 
4.
No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar. 
5.
Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq). 
6.
Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. 
7.
Vazirlar, sarkotiblar. 
8.
Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, 
muhandislar (injenerlar). 
9.
Hadis olimlari. 
10.
Ahli hunar va san’atchilar. 
11.
Kasbu hunar egalari. 
12.
Savdogar va sayyohlar. 
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo’shin 
a’zolarining maoshi to’g’risida aniq 
ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, 
oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga 
teng 
miqdorida 
maosh 
olishi, 
bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot 
bahosigacha maosh olishi, o’nboshi 
o’z qaramog’idagi askarga nisbatan 
ikki 
barobar 
ko’p, 
yuzboshi 
o’nboshidan ikki marta ortiq maosh 
olishi tayinlangan. 
«Tuzuklarda» A.Temur davrida 
soliq va jarimalarni yig’ish va xarj 
(sarf) qilishga alohida e’tibor 
berishgan. 
«Xirojni yig’ish vaqtida, – 
deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni 
yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, 
ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-
ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga 
yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar»
. Demak, ko’rinib 
turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə