O’rta asr iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

 
 
«Temur tuzuklari»
 


60 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
sug’oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda 
to’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning 
hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi. 
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. 
«... 
Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, 

chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar».
A.Temur Shom (hozirgi 
Suriya) 
yurtini qo’lga olganda, (1401 y.) taniqli olim 
Ibn Xoldun (1332–1406) 
asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, 
izzat-ikrom bilan uni qo’yib yuboradi. 
Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy 
islohotlar
 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va 
Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) 
davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa 
qo'shni 
mamlakatlar 
bilan 
savdo-sotiq 
munosabatlari 
o'sdi. 
Bu 
Movarounnahrda 
(arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 
1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul 
islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning 
ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-
qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. 
O'sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar 
engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'siqlik 
qilgan. Ulug'bek engil vaznda zarb etilgan va 
muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga 
almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun u 
bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va 
Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni 
zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga 
almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa 
shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt 
Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli 
chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha 
shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina 
Ulug'bek (1394-1449)
 
4-savol


61 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi 
tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar 
sharoitida nodir va favqulodda voqea bo'lsa-da, har holda Ulug'bekning bunday 
islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun 
keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish 
maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda 
proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Ulug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas
bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong'i dunyoga 
ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu erda biz Ulug'bekning 
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat 
iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasligini 
hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, 
darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama, sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar 
va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.
O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas 
bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab 
chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay 
bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo 
to'g'ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan hukmdorlar soliqni iloji boricha 
me'yorida saqlash va uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. 
Masalan, Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq 
to'plash qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina real soliq 
to'lash imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga 
qarab bo'lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon (avgust va sentyabr);
3) qavs (noyabr).
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig'ish paytida soliqchilar dehqon
chorvador yoki bog'bonga nisbatan zug'um o'tkazmasligi, jismoniy kuch 
ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo'yilgan. Bu 
bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo'lgan daxlsizligi ta'minlangan.
Umuman, soliq bo'yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, 
ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilarning haqqi yo'q edi.
Soliq miqdori va to'lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga 
harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani 
ma'lum.


62 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, indiston
Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada 
savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. 
Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga 
oshirganlar.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning 
rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita 
bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat lchovi; 2) 
almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi 
mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga 
olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi.
1428 yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega 
bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar 
tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning 
barqarorligiga erishildi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə