O’rta asr iqtisodiy qarashlari


«Mahbub-ul-qulub» (1500 y.)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

«Mahbub-ul-qulub» (1500 y.)
asarida mamlakatdagi 
ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. 
Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar 
jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini 
ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi 
ahamiyati to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: 
«Don sochuvchi dehqon erni 
yorish bilan rizq yo’lini ochuvchidir»
. Shu bilan birga, u dehqon mehnatini 
ulug’lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini quyidagicha tasvirlab 
berdi: 
Har ne qilsalar harakat, 
Xalqqa ham etar ovqat ham barakat. 
 
Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. 
Uning fikriga ko’ra, 
kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi
. U biron 
narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda 
bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga 
non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik 
mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va 
o’roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga, dehqon ham 
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muhtoj. 
Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, dehqon o’z mehnati 
bilan o’z ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab 
chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa 
qismlarini ham moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri 


64 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
fiziokratlarning “qo’shimcha mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi” degan 
fikriga mos tushadi. Navoiy “qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini 
oshirishda katta ahamiyat kasb etadi” degan ilg’or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o’sha 
davr, ya’ni feodalizm rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir 
davrda to’g’ri fikr bo’lib qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir. 
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy 
munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan savdogarlar, ya’ni 
olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha, olibsotarlar 
«o’ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish»
, ya’ni 
xalqni zarari hisobiga foyda ko’ruvchilardir. 
Navoiy intellektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning 
mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas’uliyat va 
burchlarini sezishga chaqirdi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə