O’rta asr iqtisodiy qarashlari


Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/14
tarix07.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#104600
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
’rta asr iqtisodiy qarashlari reja

 
Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri
 
 
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483-1530) va uning 
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy masalalarda katta ishlar amalga 
oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. 
Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, 
«Mubayyin» kabi to'plamlarida iqtisodiyotga 
oid 
ma'lumotlarga, 
shu 
jumladan 
soliq 
siyosatiga katta o'rin berilgan. «Zakot 
to'g'risidagi katta kitob» da esa o'sha davrdagi 
soliq, uning turlari to'g'risida qimmatli fikrlar 
bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, 
ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida 
ro'y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o'zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha 
xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar 
topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo'lmish ishlab 
chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to'lovlari bilan bog'liq 
bo'lgan qarashlari bizni to'lqinlantiradi. E'tirof etish kerakki, garchi bizning 
hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil 
etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o'z hukmronligi davrida yurgizgan 
iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo'lmasa ham, ilmiy bilish va idrok 
6-savol
Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530)
 


65 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha xulosalarga kelamizki, u buyuk 
mutafakkir, 
qomusiy 
olim 
sifatida 
iqtisodiy 
qonunlarning 
mohiyatini, 
iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur 
tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar 
chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati 
o'laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir 
necha asr davomida yashadi va tarixda o'chmas iz qoldirdi. Bobur va uning 
vorislari davrida soliq masalalari muhim o'rinni egallagan. 
Boburning «Mubayyin» asari to'la ravishda qonunlar va iqtisodiy 
masalalarga bag'ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma'nosiga ega. 
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» 
ma'lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida 
qo'llaniladi hamda naqd pul va savdo yig'imi shaklida to'planadi. Soliqni hisoblash 
uchun soliq olish ob'ektining «nisobi», ya'ni mol-mulkning zakot berishga 
layoqatli bo'lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan 
soliq olinmaydi.
«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to'la», deb yozadi 
Bobur. Xiroj, ya'ni yer solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar. 
Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog'liq bo'lib, uchdan birdan-yarimgacha 
teng bo'lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog'liq ravishda 
olingan.
Yerni sug'orish masalalari Sharqda o'ta muhim edi, chunki ob-havo 
nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug'orishni talab etganligidan 
sug'oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko'p hosil bergan. Shu sababli 
suv solig'i ham bo'lgan.
Suv solig'i quyidagicha olingan: «agar sug'orish davrida chig'ir qursang, 
olgan hosilning o'ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to'lashing kerak», ya'ni 
sug'oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to'g'ridir. 
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig'imlar tamomila islomiy shariatga 
to'la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur'oni karim, Muxtasar, Hidoya va 
boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo'yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga 
berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, 
qo'ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo'ydan bitta (2,5%), 120 tasidan 
ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa har 100 qo'ydan bittasi zakot 
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga 
olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot 


66 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
ravnaqidagi ahamiyati to'la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar 
o'rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tuqunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo'llarda talash, bosqinchilik 
qilish, mol-mulkiga ziyon etkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda 
bo'lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug'bek va boshqa temuriylar siyosati bilan 
ma'lum. O'sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig'imi-ning ham 
adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon 
savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig'imi 20 misqol (4,5 gramm) 
oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga 
nisbatan kamayib borgan, ya'ni daromad ko'payishi bilan soliq kamaygan va boylik 
jamg'aruvchilar uchun o'ta manfaatli bo'lgan. Hozirgi davrda ham mana shu 
siyosatni qo'llash foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig'im 
esa ularning qaysi yurtlardan kelganligiga bog'liq bo'lgan.
Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo'lsalar, barcha daromadlarining 
yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo'lmagan 
mamlakatlardan 
kelgan 
savdogarlardan 
olinadigan 
soliq 
miqdori 
shu 
mamlakatlarda 
musulmon 
savdogarlaridan 
olinadigan 
soliq 
miqdoriga 
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan 
soliq siyosati uzoq yillar davomida qo'llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy 
taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g'oyalarining juda chuqur 
ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko'zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat 
beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo'lgan-bizlarda unga 
nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg'otadi.
Ulug' bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g'oyalar va 
iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni 
mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo'lishga 
xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o'rganish, uning iqtisodiyotga 
oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq 
qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida 
mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati 
qo'llanilgan. Boburdan keyin uning o'g'li Xumoyun, keyinchalik nevarasi 
Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli 
podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o'tkazdi, 
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy 
qildi. Bu shoh to'g'risida 1601 yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda 
mamlakatdagi soliq tartibi o'z aksini topgan.
Birbal-tarixiy shaxs 1994 yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono 
Birbal» nomli tqo'plamda ko'rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII 


67 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi-Bobur 
an'analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar urtasida birodarlik 
munosabatlarini o'rnatish yo'lida jonbozlik ko'rsatgan. Akbarshoh boshqargan 
davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga 
alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida 
sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o'zaro suhbatlarida izhor etilgan 
har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda 
insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari 
iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy 
muammolarning echimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» 
hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo'ladi. 
«Ulug' ma'bud Indiradir»,- deb so'z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg'ir yerni sug'oradi, bug'doy unadi, odamlar to'kin va 
to'q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko'p foyda keltiradi. Eng 
qimmatli gul-paxtaning guli. Undan mato to'qiydilar. U butun olam odamlarini 
kiyintiradi. Omochning tishidan ulug' tish yo'q. Chunki u yer bag'rini yoradi, 
shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to'ydiradi. Ulug' fazilat esa 
jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo'lsa, uning fazilatlaridan foyda yo'qdir. Jasorat bu 
mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini etishtirishdagi mehnatgina emas, 
balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada «Inson qo'li 
gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal bog'bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -
Ertaga bog' va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan o'zing etishtirgan 
mevalardan olib, shohning huzuriga borasan.
Shoh bog'bondan meva va gullarning narxini so'raganda, u: -Olampanoh! Biz 
bu mo''jizalarni bunyod qilish uchun ko'p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar 
uchun ming rupiy so'raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, 
Birbal quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo'li 
bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga 
insonning qo'li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo''jizalar tabiatnikidan go'zal 
bo'lishi mumkinligini isbotlashga va'da bergan edim. Bugun mening niyatim 
amalga oshdi: Siz mirishkor bog'bon yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy 
to'ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni 
qadrlash hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal 
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi.
Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan 
ekan. Kavlashsa, erga ko'milgan oltin qanday bo'lsa shundayligicha turganmish. 


68 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
Boylikni olishib, eski uylariga bir kulba tutashgan bo'lib, u erda o'sha paytlarda 
munkillagan bir kampir yasharkan. Kampir kunni kun demay odamlarga qo'l 
tegirmonida donni yanchib berarkan. Ko'z tashlasa kampir hali ham hayotmish. 
Ko'rinishi ham o'zgarmabdi.
Avvalgidek qo'l tegirmonni aylantirib yotganmish. So'ng ular kampirga 
rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining hammasini 
in'om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog'otda o'tadigan bo'libdi. 
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda 
ekan, shu davrdan beri 50 yil o'tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash 
uzoq umr ko'rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi. 
Hikoyalarning ba'zilari o'sha davrdagi tovar-pul munosabat-lari masalalariga 
bag'ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko'ra, Birbal Hindistonning 
Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema 
egasi besh ming rupiylik molni o'ziniki qilib olmoqchi bo'lganini tekshiradi va 
unga quyidagi savollarni beradi. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo'lsa, 
ularni zarariga sotishga rozi bo'larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham 
yo'ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi.
«Tentaklar ro'yxati» hikosida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar 
unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, 1000 rupiy zakolat 
bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi 
yurtdan, qaysi shahardan ekanligini so'ramagan, savdoda xatoga yo'l qo'ygan edi. 
Savdogar esa muttaxamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda, Birbal tovar-pul 
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o'tadi. Savdolashganda xorij savdogar 
sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini 
so'rash lozimligini ta'kidlaydi. «Hozir nima harakatda» hikoyasida ayonlardan biri 
quyosh, ikkinchisi er, yana biri oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh 
Akbar javoblarga qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo'r qarzga 
bergan pullarning foydasi harakatda. Axir, bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. 
Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib boradi». Bu javob shoh Akbarga ma'qul 
tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik qo'shimcha foyda 
bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron qilishi hammaga ma'lum edi. Bu erda gap 
kapital aylanishi va foiz stavkasi bilan bog'liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar 
olgan qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi. 
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan 
davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni 
keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy yig'inida har bir 


69 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
mulozimidan: -Dehlida nechta qarg'a bor? - deb so'rab qoladi. Hech kim javob bera 
olmaydi.
Birbal shunday javob beribdi: -O'tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida 
uch ming besh yuz sakson beshta qarg'a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar 
shubhalanib, o'tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va 
qo'shib qo'yibdi: -Shoshmay turali agar Delidagi qaralarning soni bittaga ko'p yoki 
kam chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to'laysan. Shuning uchun 
kechgacha o'ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. -Mening hisobim to'ppa-
to'g'ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta sanaganda ham shu sonning 
chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg'alarning qaergadir mehmonga uchib ketishi 
va boshqalarning bu erga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu 
javobda Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg'alarni sanab bo'lmasligini 
ko'zda tutgan, shu bilan birga qarg'alar ko'payib, yozda sovuq joylarga uchib 
ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning dastlabki kurtaklari 
mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo'ng'irog'i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor 
ekanligi o'z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u 
shahardagi maydonga bitta ustun o'rnatib, qo'ng'iroq osib qo'yishni buyuribdi. 
Saroygacha uzun arqon torttirib, bu erga ham qo'ng'iroq ostiribdi. Maydondagi 
arqon tortilsa, saroydagi qo'ng'iroq ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama 
kunlaridan birida qo'ng'iroq jaranglab qolibdi. Xo'kiz qo'ng'iroq ipini tortgan ekan. 
Xo'kiz-xo'kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo'ltillab turganmish, xolos. Shoh 
Birbalga «Xo'kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber», debdi. Birbal 
ho'kizning elkasini silab, uning ko'zlariga tikilibdi. Keyin shohga xo'kizning 
dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: «Men qaridim, ish qilishga 
kuchim etmay qoldi. quvvatim borligida xo'jayinim meni erkalardi, em bilan 
siylardi.
Endi bo'lsa ko'chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qaerdan ham 
panoh topaman,-deyapti», debdi. «Ho'kizning egasi topilganidan keyin Birbal 
savol beribdi: -Nega bog'lab qo'ymadingiz? Savdogar javob beribdi: -Janob vazir, 
u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to'lagan 
haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. -Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga 
yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu 
ishi adolatdan bo'ladimi?-deb so'rabdi Birbal. -O'z otasini qanday qilib haydashsin? 
- ajablanibdi savdogar.
Bir eslab ko'rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan 
andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz mahluq butun quvvatini 
senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen uning yaxshiligiga shunday 


70 
O’rta asr iqtisodiy qarashlari 
javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu xo'kizni shoh 
molxonasiga qo'yib yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy har 
to'laysan. Savdogar pulni to'laydigan bo'libdi. Bu hikoya o'z davrida va undan 
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan. Xizmatkorlarni ishlatib, haqini 
tlamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo'lish kerakligi 
to'g'risida qisqacha xulosalar chiqariladi.
Takrorlash, muzokara va tekshirish uchun savollar
 
1.
Forobiyning “moddiy ehtiyojlar” to’g’risidagi ta’limoti-ning mohiyatini 
qanday tushunasiz? 
2.
Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to’g’risidagi g’oya-sining mag’zini 
chaqing. 
3.
A.Temurning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqei va o’rni nimadan 
iborat? 
4.
Navoiyning boylik yaratish to’g’risidagi g’oyasining o’ziga xosligi nimadan 
iborat? 
 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə